Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

Gomoseksualizm (yun. homois – bir xil va lot. sexus - jins) – o‘z 
jinsidagi  shaxslarga  jinsiy  moyillik,  shuningdek  ular  o‘rtasidagi  jinsiy 
aloqalar. 
Gomoseksualizm  kechki  paleolit  davridan  buyon  ma’lumdir: 
tasdiqlovchi qoyaga o‘yilgan tasvirlar topilgan. Sotsiobiologik konsep-
siyalarga  ko‘ra,  gomoseksualizm  ilk  insoniyat  jamiyati  tuzilishida 
muhim element kabi rivojlangan. Ota-onalik burchidan qutulgan urug‘ 
guruhining gomoseksual a’zolari yaqin qarindoshlariga ov qilishda, uy 
ishlarida,  bola  tarbiyasida  yordam  bera  olgan.  Modomiki,  bunday 
yordam urug‘ning omon qolishi va bola-chaqani o‘stirish imkoniyatini 
ko‘paytirgan  ekan,  urug‘ning  umumiy  genlari  o‘z  jinsini  afzal  bilish 
genlari  bilan  birga  avloddan-avlodga  o‘tib  borgan.  Shunday  qilib, 
gomoseksuallikka  moyillik  urug‘ning  kollateral  (yon)  chiziqlari  orqali 
rivojlanishi  mumkin  bo‘lgan.  Taxminan  6%  erkaklar  va  4%  ayollar 
favqulodda gomoseksual yo‘nalish olgan deb hisoblanadi, erkaklarning 
kamida  uchdan  bir  qismi  va  ayollarning  kamida  to‘rtdan  bir  qismi 
epizodik  yoki  vaqtinchalik  aloqalarga  kirishgan.  Hozir  gomosek-
sualizm  deyarli  hamma  mamlakatlarda  qayd  qilingan,  zero  ayrim 
mamlakatlarda gomoseksual nikohlarga rasman ruxsat berilgan. 
Gomoseksualizmning  tabiati  to‘g‘risidagi  bahslar  ancha  ilgari 
boshlangan  va  yondashuvlarning  prinsipial  farqi  topilgan.  XIX  asr 
oxirlarida fransuz mutaxassisi O.Tardye gomoseksualizmga hatto jinsiy 
organlarning  anatomo-morfologiyasida  namoyon  bo‘luvchi  va  bichib 
qo‘yishgacha  bo‘lgan  jazo  choralarini  talab  etuvchi  ma’naviy  va 
jismoniy  majruhlik  deb  baho  bergan.  Boshqalar  unchalik  jur’atli 
bo‘lmagan.  Nemis  olimi  K.Ulrixs  gomoseksualistlar  genitaliylar 
erkakchasiga  rivojlanadigan,  miya  bo‘linmalari  esa  ayollar  tipi 
bo‘yicha rivojlanadigan noto‘g‘ri embrional rivojlanishning qurbonlari, 
degan  g‘oyani  ilgari  surgan.  Hozirgi  vaqtda  gomoseksualizmni 
tushuntirish  ikki nazariya asosida amalga oshiriladi. 
Tibbiy-biologik  yondashuv.  Gomoseksualizm  miyaning  jinsiy 
differensiatsiyasi  jarayonidagi  buzilish  deb  belgilanadi.  Gomoseksual 
erkaklarda miyaning noto‘liq maskulinizatsiyasi va uning gomoseksual 
ayollardagi  qisman  maskulinizatsiyasi  shuni  ko‘rsatadi.  Miyaning 
jinsiy  differensiatsiyasi  buzilishlari,  o‘z  navbatida,  gipotalamusning 
garmonal ta’sirlari sezuvchanligini buzib ko‘rsatilishini ifodalaydi. 


 
137 
  Jinsiy  yo‘nalish  olish  nazariyasi.  Gomoseksualizm  ilk  bolalik, 
so‘ngra  o‘smirlik  yoshida  ota-onalarining  ta’siri,  masalan  qarama-
qarshi  jinsga  nisbatan  yoqimsiz  munosabatlarga  ishontirish  ostida 
jinsiy  tarbiyaning  yetarli  emasligi  oqibatida  yuzaga  keladi.  Bunday 
tarbiya  ayniqsa,  ayollarda  namoyon  bo‘ladi.  Onaning  qizini  erta 
yo‘ldan  urishlarga barham berishga  va  qizini  hamma  erkaklar  razil  va 
qabih  ekanligiga  ishontirishga  urinishlari  erkaklarga  salbiy  munosa-
batni shakllantiradi, bu esa geteroseksual moyillik paydo  bo‘lishiga va 
tengdoshlari bilan muloqotga kirishishga xalaqit berishi mumkin. 
  Shuningdek  soxta  –  yolg‘on  yoki  vaziyatli  gomoseksualizm 
mavjud.  U  o‘z  jinsidagi  shaxslar  bilan,  libido  yo‘nalishi  bilan  emas, 
balki ilojsiz holatlar (majburlash, yo‘ldan urish, g‘arazgo‘ylik va sh.k.) 
sababchi  bo‘lgan  jinsiy  aloqalarni  anglatadi.    Gomoseksual  aloqalar, 
shuningdek odatda ajratib qo‘yilgan bir jinsli guruhlarda yuzaga keladi 
(masalan  qamoq)  sun’iylik  xarakteriga  ega  va  geteroseksual  sheriklar 
topilganida to‘xtatiladi. 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish