Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

Giyohvandlik va alkogolizm. Ijtimoiy sharoitlarni tadqiq qila borib, 
kim  va  qanday  qilib  narkotiklarni  iste’mol  qilishi  haqida  ko‘plab 
narsalarni  bilib  olish  mumkin.  Tarixiy  o‘zgarishlar  insonlarda  yuzaga 
kelayotgan  alkogolga  qaramlik  va  uning  oqibatlari  xarakteriga  kuchli 
ta’sir  ko‘rsatadi.  Taxminan  ikki  yuz  yil  muqaddam  odamlar    o‘simlik 
xom  ashyosidan  toza  kimyoviy  moddalar  olishni  o‘rganib  olishdi,  bu 


 
77 
esa  kuchli  va  xavfli  narkotiklar  yaratilishiga  olib  keldi.  XIX  asrning 
ikkinchi  yarmida  teri  ostiga  inyeksiya  yuborish  uchun  ignaning  kashf 
etilishi  giyohvandlarga  organizmning  tabiiy  biologik  himoya 
mexanizmlarini  aldash  imkonini  yaratdi:  ular  narkotiklar  juda  sekin 
so‘riladigan,  ularning  achchiq  ta’mi  esa  jirkanish  va  yoqimsiz 
tuyg‘ularni  paydo  qiluvchi  oziq-ovqat  yo‘lini  chetlab  o‘tgan  holda 
narkotiklarni  kiritishni  boshladilar.  XX  asrda  ko‘plab  sintetik 
narkotiklar  yaratilishi  bilan  giyohvandlarning  imkoniyatlari  kengaydi, 
ularning  soni  ortdi.  Lekin  madaniy  muhitning  narkotikka  qaramlikka 
ta’siri  bu  bilan  cheklanmaydi.  Shubhasiz  vaqtining  ko‘p  qismini  ko‘p 
ichadigan odamlar bilan o‘tkazadigan kishilar ham spirtli ichimliklarni 
suiiste’mol  qiladigan  bo‘lib  qolishadi.  Ayrim  etnik  guruhlar 
alkogolizmga boshqalardan ko‘ra ko‘proq moyildirlar, bu esa, chamasi, 
avloddan-avlodga  o‘tuvchi  spirtli  ichimlik  iste’mol  qilish  an’anasi 
bilan bog‘liq. Narkotiklarni iste’mol qilish ustidan jamiyat nazoratining 
susayishi narkotikka qaramlar sonining ko‘payishiga sababchi bo‘ladi. 
Agar  narkotik  iste’mol  qilish  an’anasiga  ega  bo‘lmagan  va  uning 
kishiga  ta’siri  oqibatlariga  tayyor  bo‘lmagan  madaniy  muhitda  paydo 
bo‘lsa,  unga  qaramlik  epidemiya  kabi  ommaviy  tus  olishi  mumkin. 
Amerikalik  hindu  qabilalari  alkogol  bilan  tanishgan  vaqtda  shunday 
voqealar  sodir  bo‘lgan.  Zamonaviy  industrial  jamiyatda  giyohvandlik-
ning  yuqori  darajada  ekanligi  sabablaridan  biri  narkotik  moddalarni 
iste’mol  qilishni  tartibga  soluvchi  belgilangan  qoidalarning  mavjud 
emasligi bo‘lishi mumkin. 
O‘zini  o‘zi  yemiruvchi  axloqning  eng  keskin  shakli  o‘zini  o‘zi 
asrash  yoki  hayotini  asrash  instinktining buzilishida  namoyon  bo‘ladi. 
Bu instinkt hayvonot olami, shu jumladan insoniyat turmushida muhim 
rol  o‘ynaydi,  chunki  uning  ta’siri  tirik  organizm  faoliyatining  asosiy 
stimullari  –  «jazo,  «lazzat»  stimullariga  asoslangan.  Shuning  uchun 
uning  buzilishi  gomeostaz  –  hayotiy  muhim  funksiyalarni  ta’minlash 
va muvozanatlash kompleksining buzilishi bilan bog‘liq. 
Gomeostaz  –  biron-bir  tizimning  ushbu  muvozanatni  buzuvchi 
ichki  va  tashqi  omillarga  qarshi  ta’sir  ko‘rsatish  yo‘li  bilan 
saqlanadigan muvozanatli holatidir. 
Haqiqatdan  ham,  garchi  ular  hayvonot  olamida  odamlardagiga 
nisbatan  kamroq  uchrasada,  o‘zini  o‘zini  o‘ldirish  holatlarini 
hayvonlarda,  masalan,  o‘zini  o‘zi  o‘ldiruvchi  kitlarda  ham  kuzatish 
mumkin. Jonivorlar ko‘pincha sherigini yo‘qotish, erkinlikdan mahrum 


 
78 
bo‘lish va hatto egasini yo‘qotish oqibatida yuzaga kelgan og‘ir hissiy 
holatlarda  o‘zini  o‘zi  o‘ldirishga  urinadilar.  Ba’zan    bunday  holatda 
ular  oziqlanishdan  bosh  tortadilar,  o‘zlariga  shikast  yetkazishga 
intiladilar. Odam o‘z hayot yo‘lining chegarasini aniq tasavvur etuvchi 
yerdagi  yagona  mavjudot  hisoblanadi.  Uning  o‘limga  munosabati 
g‘oyat  murakkab  va  ko‘p  ma’nolidir:  u  xuddi  doimo  unga 
tayyorlangandek bo‘ladi, va shu bilan bir vaqtda hech qachon uzil-kesil 
tayyor  bo‘lmaydi.  Bu  ambivalent  munosabatlar  bir  qator  badiiy 
asarlarda  o‘z  aksini  topgan.  Shuning  uchun,  kishining  o‘zini  o‘zi 
o‘ldirishi  muammosi  shuningdek,  ratsional  –  ongli  va  irratsional  – 
ichki his bilan sezish bilimlarining nisbatiga bog‘liq. Bu jihatdan kishi 
uchun  o‘zini  o‘zi  o‘ldirish  vaqtinchalik  chora  hisoblanmaydi.  Axir 
hech narsani hech narsaga almashtirib bo‘lmaydi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
79 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish