Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet97/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

CII


Yana bir qushning Hudhudga savoli
Savol beruvchi dedi:

  • Ey qutlug' jamol egasi! Molu dunyo mening ko'nglimga cheksiz muhabbat soldi. Unga erishmoq xayoli jonimga quvonch bag'ishlaydi, uning jaranglagan tovushini eshitsam,

ko'nglim huzur topadi. Qo'limda agar bir nafas oltin-kumush bo'lmasa, meni o'sha zahotiyoq o'ldi deb hisoblayver.

CIII


Hudhudning javobi
Hudhud unga dedi:

  • Ey haqiqatdan yiroq! Joningga pul firoq dog'ini solib qo'yibdi. Hirs jomi ko'nglingni

mast aylabdi, sen bu mastlikdan yer bilan bitta bo'libsan. Kishi ham shunday so'zlarni aytadimi?! Axir bu haqiqiy insonlarning ishi emas-ku! Asl insonlar bu ishdan or qiladilar.

Bu xil tuban ish bilan shug'ullanish faqat sichqonlarga yarashadi. U nihoyatda tirishib, yerni qazish bilan doimo tuproq ichra xoru zor umr o'tkazadi. Shum hirsi tufayli yer tagidan turli teshiklar kavlab, bu yomon xislatidan nihoyat ko'p mashaqqat chekadi. Shu tariqa doimo uy sari teshik ochadi. Ammo nogahon burchakda pisib yotgan bir mushuk chiqib, uni rohat qilib ovlaydi va mazza qilib ishtaha bilan etini yeb, qonini simiradi.

Yoki yillar tuproq ichida xazinani poylab yotgan ilonga o'xshaysan. Charx buning evaziga unga loyiq jazo beradi, ya'ni u kishilar ko'ziga ko'ringan zahotiyoq, boshini yanchib tashlaydilar.

Sening zotingda ham shunday xislat borki, ey iflos, bu bilan sen ilon yoki sichqonni esga keltirasan. Ularning oqibati nima bo'lgani o'zingga ma'lum. Bilgilkim, sendagi bu sifat yaxshi emas.

Simu zarni sevgan odam unga qui bo'lib, uning shavqidan ajoyib mast holga tushadi. Yoki faraz qilki, faqat johil va nodon, mast kishigina simu zarni o'ziga but hisoblab, unga sig'inadi. Bunday kishini jaholat bilan islomni tark etib, do'zaxga ravona bo'lgan, deb aytish mumkin. U bu jahon bog'ida toki tirik ekan, o'z umrini shu yanglig' mashaqqat bilan o'tkazadi. Oltin-kumush uchun yuz xil hirs va shaydolik ko'rsatadi, ammo oxirida rasvolik bilan o'lib ketadi.

Mayli, men seni sichqon deb atamay, balki Qorunga teng deb hisoblay; ilon demasdan, Faridun deb ham atay. Ammo oqibati nima bilan tugaydi? Ular nima qildilaru sen nima qila olarding?! Bari bir ular kabi butun boyligingni qoldirib, narigi dunyoga ravona bo'lasan! Shuning uchun bu behuda xayolni boshingdan chiqarib tashla! Miyangni ezib yotgan bu qattiq toshdan qutqar! Haqiqiy er bo'lsang, asl maqsadni ko'zlagil, nimaiki so'zlasang, o'shandan so'zlagil.

Bu nomunosib ish bilan shug'ullanma, chunki undan senga zarar yetib, oxiri joningning zavoli bo'ladi.


Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish