C
Hudhudning javobi
Hudhud dedi:
- Toki nafsing mavjud ekan, unda iblis yashirinib, shogirdlik qiladi. Nafs ko'nglingga shunchalik g'urur soladiki, undan dilingga putur yetadi. Hatto uni ko'rgan shayton ham hayron qolib, hayrat vodiysida sargardon kezadi. Qaysi bir ishdan nafsing o'z istagiga erishsa, undan shayton ham o'z maqsadiga yetadi. Agar sen o'z nafsing hukmi bilan biron ish qilsang, buni ko'rgan shayton irjayadi. Sen o'zingni shaytonga xor bo'ldim deb atama, balki u sening nafsingni o'ziga vakil qilib olgandir. Dunyoga taalluqli bo'lgan
barcha ishlar va voqealarning boshdan-oyoq shaytonga daxli bor. Haq nafsingni shunday yaratganki, unga yuzta shayton hunari jo bo'lgan. Nafsing shunchalik makr-hiylalar ko'rsatadiki, undan hatto yuzta iblis ham sharmanda bo'ladi. Sen bu yanglig' nafsga oshno bo'la turib, yana nima uchun shaytondan gina qilasan?!
Do'stlaringiz bilan baham: |