Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet84/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

LXXXVIII


Hudhudning javobi
Hudhud unga dedi:

  • Ey zaif va muhtoj! Senda himmat pastu o'zing razil va xor ekansan! Tana qanchalik majruh va zaif bo'lmasin, himmat yuqori bo'lsa, bundan nega g'am chekish kerak?! Chunki bu ish beshak ishq ishidir: kimki oshiq bo'lmasa, u inson sanalmaydi. Bunda asosiy narsa ishq bo'lib, uni amalga oshirish har qanday havasmandning qo'lidan kelavermaydi. Notavonlik, oshiqlarning ishqdan bexonumonliklari oshiqlar uchun dalildir. Oshiq elga notavonlik kasbi kor bo'lib, jonini tark etish uning doimiy fikridir. U boru yo'qdan o'zini forig' bilib, faqat yor ishqini o'ziga tiriklik deb o'ylamog'i shart. Har kishiga ishq va himmat yor bo'lsa, unga tan sog'lig'i yoki xastalikning nima daxli bor? U faqat ishq ichra jon berishni o'ziga maqsad qilishi kerak, chunki ishq tufayli barcha mushkullar yechiladi. Agar uning ishqda o'lmoqlik maqsadi bo'lsa, joniga ofat yetishidan u naf ko'radi. Kimda kim bu dunyoga ko'ngil qo'ysa, bu xayol bilan dili xasta bo'lgan bo'lsa, u kishi uchun bu kasallik yaxshi emas. Ishq ahli bu xil zaiflikni ma'qullamaydi. Agar har bir kishiga ishq tufayli kasallik va ojizlik etsa, bu uni o'z murodiga yetkazish vositasi hisoblanadi. Chunki ishqdan asosiy murod o'lish bo'lar ekan, kasallik ham o'limga yaqin bir holat sanaladi. Zero, kasallik kishining jon tark etishiga sabab bo'lib, undan chekinish ajablanarli bir holdir. Ishq aro jon tark etish talab etilgach, unga nima bo’is bo'lsa, yoqimlidir. Agar kasallikning nihoyasi jon tark etish bo'lsa, bu xil o'lishgajonu jahonni fido qilsa ham arziydi. Agar sen jahon mulkida ming yil umr ko'rsang ham oxir-oqibatda bir kun dardu hasrat bilan o'lib ketasan. Demak, o'limdan qochib qutula olmas ekansan, bira to'la bu istak bilan o'lganing yaxshiroq emasmi?! Agar umid yor yo'lida o'lish bo'lsa, shuni bilgilki, bu abadiy hayotning naq o'zidir!




Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish