LXXXVII
Yana bir qushning Hudhudga savoli
Yana bir savol beruvchi faryod bilan shunday dedi:
Ey barcha qushlarga yetakchi va amir! Yo'l qattiq, men esa zaif va notavonman. Pashsha anqo tomon yo'lga ravona bo'la olmaydi-ku. Har nafas bu yo'lda yuz xil qayg'u duchor bo'lmoqda, har dam unda yuz tuman azobu uqubat zohir bo'lmoqda. Unda balo tog'idan so'qmoqlar bor. Yo'ldagi gardlar ko'zga ajal tuprog'ini sepadi. Undagi tog' uzra uvillagan shamollar toshlarni tuproq kabi sovuradi. Sher ham bu yo'l azmiga jur'at eta
olmaydi-yu, zaif va xasta bir chumoli bu yo'lni qanday uddalay olsin?
Do'stlaringiz bilan baham: |