Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet141/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

Faqru Fano vodiysining so 'zi
Hayrat vodiysidan o'tsang, Faqru Fano vodiysiga duch kelasan. Bu vodiyda xomush,

gung, kar va behush bo'lishdan o'zga narsa yo'qdir. Chunki bu chuqur dengiz to'fon girdobida bo'lib, unda yuz tuman olam g'arq bo'ladi. Kuchli bo'ron o'zining yuksak to'lqinlari bilan ming xil naqshlar paydo qiladi. Dam-badam bu naqshlar yo'qolib, yana ming xil turli yangi mavjlar paydo bo’ladi.

Agar sen bu hodisaga yaxshi nazar solsang, mavjda vujud yo'q ekanligini ko'rasan, chunki dengizdan o'zga barchasi nobud bo'luvchidir.

Haq vujudi ana shu cheksiz dengizdir, uning yuzidagi mavjlar esa bu olamdagi turli- tuman narsalardir. Ma'no ahllari e'tibor qiluvchi ushbu o'n sakkiz ming olam ichida nimaiki narsa bo'lsa, ular shakl jihatidangina mavjud bo'lib, shaklda ko'rinuvchanlik xususiyatiga egadir.

Yer sathi uzra yuzlab ajoyib shakllar mavjud, har bir shaklning o'zi yana rang-barang tovlanishlarga ega. Faraz qil: tevarak-atrofda dengizlar yoki ma'danh konlar, yoki dasht- sahrolar, yoki gulshanlar, yoki to'rg'ay va bulbullafni o'ziga rom etib, ularni halok qila oladigan darajadagi rango-rang nafis gul va lolalar, turli iqlimlar va mamlakatlar, daryolar, buloqlar va tog'lar hamda ularni o'rab olgan o't va havo, balki o't va havodan boshqa yana bir qancha narsalar mavjud.

Bular atrofida yana to'qqiz qavatli osmon, sobitu sayyora va malaklar to'dasi bor. Ular son-sanoqsiz, balki miqdor ichra cheksiz ko'pdir. Undagi ko'zga ko'rinmas darajadagi e'tiborsiz yulduzlar yer jismiga o'xshab ketadi.

To'rt unsur, yetti ko'k va olti tomon - bular koinotning nodir va eng oliy asosini tashkil etadi. Koinotdagi barcha narsalar ichida hammadan eng ulug'i Inson bo'lib, uning kamoloti oldida aql hayron qoladi.

Bunda sen xayol qilib turgan vaqtingda yoxud avom deb gumon qil yoki u oliy tabaqaga mansub boisin, yoki qudrat sohibi bo'lgan sultonlar, yoki ixtiyor egalari bo'lgan xoqonlar, agar faylasuflar, olimlar, yoki diniy qoidalarni o'zgartirib, yangi mazhablar tuzuvchi kishilar boisin, yoki uyushmagan qavm, yoki ittifoqli jamoa boisin, xalq orasida yetuk sanalgan valilar, yoki faraz qilki, Allohdan elchi bo'lib kelgan payg'ambar boisin - bularning barchasini haq zoti dengizining mayji deb bil hamda o'sha vujudning mavji deb anglagil! Ammo ularning barchasi vaqtinchalikka naqsh etilgan bo'lib, o'tkinchilik xislatiga ega, boqiylik ular uchun xos sifat emas.

Dengizning chayqalishi ana shu xil turli mavjlarni hosil qilgan va har yoqda turli- tuman naqshlarni vujudga keltirgan. Bu to'lqinli dengiz bir zum taskin topsa, u mavjlardan asar ham qolmaydi.

Agar har bir kishida aql mavjud bo'lsa, shuni bilgilki, azaldan to abad bu olamdagi mavjud barcha narsalar borliqqa ega emas, faqat shakl ko'rinishiga ega. Qudratli haqdan boshqa hamma narsa foniy - o'tkinchidir, faqat yolg'iz ugina mutlaq boqiydir. Unga vujud tartibi mahkamlangan bo'lib, borliq rasmi inkor etilmasdan ma'qullangandir. Haqdan o'zga har qanday zot, faraz qilaylik, obi hayot ichgan bo'lsa ham, bu olamda mutlaq o'tkinchi hisoblanadi. Agar sen boqiylik istamoqchi bo'lsang, o'zingni foniy qilmog'ing zarur.




Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish