Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet132/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

CLII


Hikoyat
Asma'iy (arab tilshunos olimi, 828-v.e.) haj sari ketayotib, bir manzilda daraxtlar va gullarning o'sib yotganini ko'rdi. Bu erdagi maysazor va gulzor o'rtasidan bir chashma suv tiriklik suvidan nishona berib, sharqirab oqib yotar edi. Bu yerdan o'tgan ariq oshiq jonidek pokiza va ravshan bo'lib, undan oshiqlarning ko'z yoshlari kabi tiniq suvlar oqardi.

Asma'iy suv yoqasida birmuncha vaqt o'tirib, hordiq chiqardi, ko'ngli g'amlardan xalos bo'ldi. Tab'i shu yerga naqshlanib, chashma boshida xat yozilgan bir toshni ko'rdi. Unda: "Ey Hijoz ahli, bu sirning chorasini topsangiz. Agar bir kishi ishqqa mubtalo bo'lib, ishq uning sabru qarorini olgan bo'lsa, ne qilsin?" deb yozilgan edi.

Asma'iy qo’liga qalam va davot olib, bu xat tagiga shunday deb yozib qo'ydi: "Kimki, bu halokatli girdobga tushib, undan pok chiqmoqchi bo'lsa, o'zi tushgan yo'ldan qo'rqmasin".

Asma'iy yuqoridagi savolga shu javobni yozib, bu manzilni tark etdi. Ertasiga yana shu joyga kelib: xat bitilgan toshga nazar soldi. Qarasa, oldingi kotib o'z qalami bilan yana quyidagilarni yozib qo'yibdi: "Agar ozurda jon oshiq o'zi pok bo'lsayu yana ishqini yashirin saqlasa, lekin uning qalbidagi muhabbatning shiddati tez bo'lib, uning toqati toq bo'lsa hamda vaslga ehtiyoj sezsa, bunday paytda u nima qilsin? Agar bu ishning ilojini topa olmasa, naylasin?"

Asma'iy bu favqulodda sirni ko'rgach, o'zining sehrli qalami bilan yana shunday deb yozdi: "Ishq ichra men nasihat qilgan o'sha dardli va notavon kishi bu nasihatlarimdan o'z maqsadiga erishmagan bo'lsa, o'lsin va ishq o'tidan o'zini xalos qilsin".

Berahm nasihatgo'y bu halokatli javobni yozib, chashma yonidan tezda jo'nab ketdi. U bir kun boshqa joyda hayallab, ertasiga o'z tuyasini yana o'sha tomonga haydadi va oshiq javobini bilmoqchi, g'oyibdagi hasratli oshiq yana nima deb xitob qilganini ko'rmoqchi bo'ldi. Kelsa, umridan voz kechgan, afti-angoridan zorligi oshkor bo'lgan, rangi-tusidan bemorligi ko'rinib turgan, o'z ahvoli bilan el ko'nglini buza olgudek ruhsiz bir kishi chashma yonida yotibdi. U ishq ichra chigallikni yechib, boshini toshga chunon

uribdiki, bu zarbadan tosh sinib ketibdi. Qoni chashma suvini lolagun qilib oqar, suv tomondagi tosh ustidan boshi pastga tushgancha o'lib yotar edi.

Nasihatgo'y bergan o'git tufayli oshiq o'z jonini tark qilib, uni hijron azobidan qutqargan va ishq aro go'yo o'zidan ketib yotgan ekan.

Asma'iy bu g'aroyib holni ko'rgach, ko'ngliga yuz xil qiynalish nishlari sanchildi. To'nini yirtib, sallasini yerga urdi, o'z nasihatiga quloq solgan kishi uchun motam tutdi. U bundan ortiq biror qattiq holatni ko'rmagani tufayli faryod tortib, achchiq-achchiq yig'ladi. Bu ish uning ko'nglini g'ash qildi, yerni qazib, o'likni qabrga qo'ydi. Halok bo'lgan kishi shahid o'lgani sababli uning jismiga o'zining qonli libosi kafan bo'ldi.

Ey Foniy! Ishq ichra foniy bo'lish yo'li ana shunday bo'ladi. Agar sabri toqating tugagan bo'lsa, xuddi shu kabi jon taslim qil. Bu xil o'lmoqni Alloh kimga nasib qilsa, unga yuz tuman jonni fido qilsa ham arziydi.




Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish