CXXXVIII
Yana bir qushning Hudhudga savoli
Yana bir savol beruvchi dedi:
Ey muhtaram zot! Bu yo'lga qadam qo'yganimda, o'zimni ne mashg'ulot bilan shod etay? Agar g'am yetsa, undan qanday qutulay? Ne qilsam, ko'nglimga shodlik yetib, undan men har qachon huzur topa olaman?
CXXXIX
Hudhudning javobi
Hudhud unga dedi:
Agar o'zingni shod ko'rishni istasang va har qanday qayg'udan ozod bo'lishni xohlasang, o'zingni uning yodi bilan yashashga odatlantir. Agar shodlik istar bo'lsang, uni yod qil. Uning yodidan tashqaridagi shodlik aqlga muvofiq kelmaydi. Undan ayriliqdagi ayshu ishratdan g'am yaxshiroqdir, bunday to'ydan aza yuz marta yaxshi sanaladi. Undan g'am kelsa ham shodlik o'rnida ko'rgil, bu seni har qanday balo kishanidan xalos qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |