Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet116/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

CXXVIII


Hikoyat
Xo’ja Muhammad Porso(Bahouddin Naqshband shogirdi. Vafoti - 1419-y.) ismli oliy nasabli dinparvar Xoja Makkani ziyorat qilmoq uchun islom Ka'basi tomon yo'lga chiqdi. Xoja Abu Nasr(vafoti – 1460-y.) uning xizmatkori, xodimi, farzandi va eng yaqin kishisi edi. Ular maqsadga musharraf bo'lgach, buning uchun ma'budga shukrona bildirdilar. Har nimaki farz bo'lsa, o'shani ado etdilar, maqsad - xalqning hajini duo orqali qabul ettirish edi. Xalq hamjihatlik bilan bu ishni qabul etishni Xojaga topshirishgan edi. Olti yuz ming haqni izlovchi yo'lovchilar Xojaga bu iltimosni tayin qilishdi.

"Qudsiya" va "Faslul-xitob" kabi asarlarning sohibi bo'l-gan Xoja jamoatga qarab shunday javob berdi:



  • Menga bu ishni bajarishni topshiigan ekansiz, men aytganlaringizdan tashqariga

chiqmayman. Ammo bu ishni bajaruvchi kishi hech shubhasiz fazlu kamolda yuksak va insof olamida yakkayu yagona bo'hshi kerak, shuning uchun bu vazifa menga emas, balki Abu Nasrga munosibdir. Yaxshisi, asr kishilari haqiga u duo qila qolsin.

Xoja Abu Nasrni shu yanglig' ta'rif bilan elning duosini o'qishni unga taklif qildi. U ko'rsatgan bu insof va ehsonni kishilar boshdan-oyoq sidqidillik bilan qabul etishdi.

Xoja Abu Nasr minbarga chiqib, el haqiga duo o'qidi. Xalq hojatini chiqarish uchun Alloh oldida munojotlar qildi. Xoja esa minbar yonida chin dildan uzluksiz ravishda "omin" deb turdi.

Duo oxiriga yetgach, minbar ustidagi kishi shunday dedi:



  • Ey qudratli Alloh! Agar mening duolarim mustajob bo'lmasa, pastda turganning "omin"ini zoye' qilmagil!

Bu so'zlami eshitgan olti yuz ming kishi faryod chekib, kattayu kichik zor-zor yig'ladi.

Odamlar ularga oforinlar aytib, ham otasi, ham o'g'li insofiga qoyil qolishdi.

Shunday qilib, inson uchun insofdan yaxshiroq sifat bo'lmaydi, buni faqat ma'rifatsiz kishilargina anglamaydi.


Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish