Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet112/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

CXXII


Hikoyat
Shoh Ibrohim ibn Adham (balxlik shohlikdan voz kehcgan shayx, 777-y.v.e.) degan kishi bor edi. Uning ishi bu yo'lda taslim bo'lishdan iborat edi. U haq yo'lida din murshidi bo'lib, sadoqatli oshiq va pokiza inson edi. Bu yo'lda u mulki, taxti va mamlakatini tikib, boshidagi tojini tark etdi. Yuz ming iltijo bilan egniga janda kiydi.

Halol oshiq bo'lgan bu rind safarga chiqdi. Balxdan Nishopur tomon yo'l olib, u yerni vayron, bu yerni obod ayladi. Bu gavhar o'sha konda maqom tutib, yetti yil bir tog'ni o'ziga makon etdi. Bu yerda u kunduz kunlari ro'za tutar va shomdan to azongacha ibodat qilardi. Kunduzlari vodiydagi o'tin va xaslarni bir quchoq qilib bog'lar edi. Ularni yelkalab, bozorga olib borib sotar va tushgan pulga shom uchun iftorlik olar edi. Shu tarzda ko'p riyozat chekish oqibatida, jismi qiltiriqday bir holga kelgan edi.

Kunlardan bir kun u o'tin orqalab, azob-uqubat chek-kancha shaharga borayotgan paytda bir guruh ruhoniylar uning sulukda nimaga erishganini imtihon qilish uchun yo'lini to'sdilar. Ulardan biri uni bir musht urdi. Shunda faqirlik va yo'qlik yo'liga kirgan ularga shunday dedi:


  • Siz istagan narsa Balxdan bu yoqqa yo’l tutganrngda o'sha tomonda qolib ketdi! Imtihon qiluvchilar: "Hali u yetilmagan ekan, bu o'tin ostida hanuz xom ekan. Chunki

Balx hali ham uning yodidan chiqmabdi. U yana bir necha yil shunday mashaqqat chekishi zarur, shoyad mulki yodi uning xayolidan ko'tarilgay",— deyishdi.

Oradan bir yil o'tdi. Yana o'sha ikki-uch kishi uni sinamoqchi bo'lib, yo'Ida ketayotgan holda uchratdi. Ular imtihon shartini bajo keltirib, unga bir musht tushirdilar. Ammo bu safar sultondan hech bir sado chiqmadi.

Bu holni ko'rgan imtihon qiluvchilar uning dodiga yetib "U endi o'z maqsadiga erishibdi, endi o'z mazhabida kamolga yetibdi", dedilar. Shukrlar izhor qilib, o'zlarini sultonga tanishtirdilar. Keyin ular bir-birlariga hamdamu hamkor bo'lib, Ka'bani ziyorat qilishga jo'nadilar. Shundan so'ng shohga chin shohlik yetishdi, yo'lovchilar ham bundan ogoh bo'ldilar. Uning ko'nglida g'ayr (boshqa) yodi mavjud bo'lganda, ilohiy sirlarni

bilishga parda tortilardi. G'ayr yodi ko'nglidan batamom yo'qolgach, parda ko'tarildi, u uyning to'riga yo'l topdi. Kimki, ana shu xil yo'qlikka erishsa, ey yengil-yelpi havas egasi, bilgilki, uni chin oshiq deb ataydilar!




Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish