LIV
Qarchig'ay uzri
Qarchig'ay o'z changali va tumshug'ini ko'rsatib, shunday dedi:
Men boshqa qushlarga o'xshamayman, balki barcha qushlar egasi hisoblanaman. Shu paytgacha senga so'z aytib, uzr bildirgan qushlarning hammasi meniing ovqatimdirlar. Men shohlar qo'lida orom olaman, ular har kun menga ovqat berib turishadi. Qaysi bir qush qasdida qanot yozsam, u menga o'lja bo'ladi. Hatto nasri toyir - qirg'iy bo'lsa ham mendan qutulishi maholdir. Shohlar oldida shunchalik e'tibor topdim; shavkatim amalda shubhasiz. Simurg'nikidan kam emas. Shoh qo'li - mening taxtimu boshimda toj bo'lgach, Simurg' sari borishimga menda ehtiyoj yo'q!
Do'stlaringiz bilan baham: |