XLIX
Hudhudning tog' Kakligiga javobi
Hudhud shunday dedi:
- Ey behuda xayollarga berilgan! Dimog'ingda behuda xayoldan boshqa narsa yo'q
ekan. Tog' orasida uzlatga chekinib, odamlardan uzoqlashdim, deb aytding. Aslida bu go'shanishinlik emas, nafsu havoga berilishdir. Tog' va cho'qqilar ustida u yoqdan hu yoqqa tinmay yugurganing-yugurgan! Har lahza telba kishilar kabi behuda qahqaha otishing ham o'rinsiz. Ma'naviy gavhar haqida ham nomunosib so'zlar aytding. Ey, jahl bilan mast bo'lib, faqat o'zini o'ylovchi, sen qayoqdayu ma'naviyat qayoqda! Bu xil yolg'on so'zlar bilan muttahamlik qilib, ma'no gavhari haqida og'iz ochma! O'z so'zlaring bilan asl zoting pastligini, bema'ni va badbaxtligingni ko'rsatding. Sen shunchalik yolg'onga mubtalo bo'ldingki, ulardan boshingga yuz balo kelgusidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |