XXXI
Shunqorning shohlarga o 'xshashligi ta 'rifida Hudhudning madh aytgani
Ey baland osmonni va shoh qo'lini o'ziga makon qilgan Shunqor, marhabo! Sen qushlar orasida xuddi shohlar kabi tojga egadirsan. Shoh boshingga oltin tojni loyiq ko'rgan. Sen tojli qushlarga boshliqsan. Shu sababli shohning sen bilan suhbat qurishga mayli bor. Shoh bazmida senga eng oliy joy, benihoyat ehtirom va e'tibor ko'rsatiladi. Chunki senda o'zgalarning o'ntasidagi jur'at bor, shunga ko'ra shoh senga o'zgalardan o'n barobar ortiq yaxslii qismatni ravo ko'rgan. Qo'li bilan bo'yningni silab-siypab erkalaydi, bo'yningni dur va gavharlar bilan bezaydi. Sen esa asl shohingdan ko'p yiroq tushding. Endi bu hijronni unutib, shoh qo'liga qo'n va u yerni o'zingga Vatan qil!
Do'stlaringiz bilan baham: |