XXX
Shohboz husnu istig'nosi vasfida Hudhudning rahnamoligi
Naqadar go'zalsan, ey shohlarga o'xshash Shohboz! Sening ko'rinishing ham, jamoling ham juda chiroyli. Haq qushlar orasida seni sarafroz etdi, sen go'zallik borasida qolgan barcha qushlarga saboq o'rgatasan. Sening maskaning doimo shoh qo'li bo'lib qolgan. U senga doimo ovqat topib yedirgan. U qo'li bilan sening qanotlaringni silagan, tumshug' va changalingni ushlab ko'rgan. Shu orada charx orangizga nifoq solib, seni shohdan judo qildi.
Hijron tuzog'iga mubtalo bo'lgach, tabiating firoq kunlariga o'rganib qoldi. Endi yana shohga ko'ngil qo'yib, uning qo'lini o'pish bilan baland martabaga erish!
Do'stlaringiz bilan baham: |