CLXXX
Tamsil
Bir solik shoh oldidan o'tib bormoqda edi. Shoh bu ogoh kishiga qarab: "Kel, yonimda bir nafas o'tir, nimaiki orzu qilsang, muhayyo etay!"- deya iltimos qildi.
Solik unga shunday dedi:
Allohni taniganimdan buyon undan boshqa hamma narsaga ma'yus ko'z bilan qarayman. Bu o'tkinchi dunyoda uni tilab topishdan boshqa yana bir narsa bormi o'zi? Agar kerakli biron narsa so'rasam, uni ham menga Haq beradi. Bu sohada men senga muhtoj emasman!
Yo Rab! O'sha solikda qanday sifat mavjud bo'lsa, Foniyga ham o'shanday ma'rifatni nasib et! Uning dodiga yetib, nodonlik, jabr va zulmdan qutqar! Uni ham o'ziga, ham o'zingga orif et!
Do'stlaringiz bilan baham: |