CLXXIX
Ma'rifat yo'li borasida munojot
Ey insonni ma'rifat koni qilib, uning ko'nglini ma' rifat jahoni aylagan! Ma'rifatni har kimga taqsimlab, jahonda unga orif -biluvchi deya ism qo'yding. Kimlarni ma'rifatga muyassar etgan bo'lsang, ularning holatini turlicha qilding. Bunda har bir kishining sayr etishini o'z kamoliga moslashtirdimg. Har bir kishining yaqinligini uning turmushiga yarasha qilib berding. Bu biyobon yo'lini behisob etding, ular yo'lovchi uchun cheklanmagandir.
Yo Rab! Bu yo'llardan qaysi biriga solik ma'rifat istab kirsa, u senga olib boradi! Ovora Foniyni ham shu yo'lga sol! Yo'lni bosib o'tgach, visol nasib etgil.
Do'stlaringiz bilan baham: |