Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet151/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

CLXXIII


Shayxning vasfi va o 'zining unga payravlik qilgani tavsifi
Ey Foniy! Yana bir go'zal asar yozib, qushlar tilini ajoyib yo'sinda sharhlab berding.

Qushlar tiliga yo’l topganlardan biri Sulaymon payg'ambar edi. Keyin vaziri Osaf undan ta'lim olib, qushlar tilini o'rgandi, ammo bu tildan u hech kimni xabardor etmadi. Bu ikkalasidan o'zga kishi buning uddasidan chiqmadi, boshqa odamlar qush tilini bilmaganliklari uchun uning fahmiga yetmas edilar.

Tez aylanuvchi falak shitob bilan oradan bir necha ming yilni o'tkazib yubordi. Shundan so'ng chaqqon sayr etuvchi, chechan nutq aytuvchi va o'tkir aqlli omadi yurishgan bir qush maydonga chiqdi. Uni qush dema, balki fano Qofining anqosi de, barcha qushlar tilining donosi de! U bu yo'lning boshlovchisi va avliyolar qiblasi bo'lib, ko'ngh to'g'ri yo'l ko'rsatish uchun ziyolangandir. U haqiqat sirlarini kashf etishda farid1— yagona va tengi yo'qdir, nutqidan haqiqat ahli bahramand bo'ladi. Bu kishi irfon ahlining yo'l ko'rsatuvchisi, ma'rifat bozorining Attoridir.

U bu gulshan ichra paydo bo'lganida go'yo qushlar ham nutqni undan o'rgangandek bo'ldilar. Uning qush tili bilan gapirishi Osafdan ham, hatto Sulaymondan ham ortiqroq edi. Chunki ular qush tilini bilgan bo'lsalar-da, lekin bundan elga biron-bir naf yetmadi. Haq Attor tilini biyron qilgani uchun "Mantiq ut-tayr" dostoni oshkor bo'ldi. Bu til izohini to'la-to'kis bayon etib, ilohiy sirlarni sharhlab berdi. Boshlanish va tugallanish haqida chiroyli so'zlar xazinasidan ko'plab gavharlar sochdi. Bu gavharlar bilan zamona cho'ntagini to'ldirdi, barcha kishilar undan bahramand bo'ldilar. Xazinadagi tilsim ochilgach, har gadoga bu gavharlardan muayyan ulush tegdi. Asarini ko'pchilikka quyosh kabi oshkor etib, so'zlaridan Jamshid jomi kabi sado chiqardi. Kimki labtashna bo'lsa, bu maydan unga ichirdi. O'zgalar bu haqda so'z aytishdan ojiz qoldilar. Qush tili bilan shunday kalom surdiki, uning bu so'zlari xuddi to'tiyi go'yo so'zlari kabi barchaga manzur va ma'qul bo'ldi.

U yozgan asarni forsiy tilni biluvchi xalqlar fahm etib, undagi barcha yashirin nozikliklardan xabardor bo'ldilar. Ammo sodda, bechora turklar bu tilni yetarli darajada

bilmaganliklari sababli qush tili bilan forscha yozilgan bu asarni tushunish iqbolidan mahrum qoldilar. Ulardan ko'pchiligining qo'li qushdan holi bo'lmasa-da, lekin ularga qush tili tushunarli emas edi.

Men yozu qish Attor do'konidan qand va shakar olish bilan shug'ullandim, balki bu do'konda to'ti yanglig' makon tutib, shakar ushatar edim. U qush tili bilan menga neki xitob qilgan bo'lsa, men unga xuddi to'ti kabi javob qaytarar edim. Yo'q, balki uning pok ruhining gapga chechan qushi Arsh bog'idan kelib, mening ko'nglimga o'rnashib olgandek edi. U menga qush tili mushkillarini hal etib, bu takallumda ustodlik qilar edi. Shu tariqa men u kalom ichra kamolotga erishib, mazkur asarimni turkiy tilda yozdim. Go'yo mastligidan yoqimli sayrayotgan qush kabi ko'p kuylarimni turkona sozga hamohang qildim. Qaysi bir qush, balki ming xil dost on kuylovchi bulbul deb aytgin, uning har bir dostonida yangi bir ohang mavjuddii. Lekin uning bu dostonlari gul shavqidan bitilgan bo'lib, undagi nolayu afg'onlar ham shuni vasf etishga bag'ishlangan edi. Men o'sha ming xil nola chekuvchi bulbuldurnan. Har bir fig'onimni bir dostonimda jo qilganman. Ushbu gulshan ichra mastonavor qadani qo'yib, kuylarimni baland pardaiarda ijro etdim. Mening bu kuylarimni eshitgan har qanday sayroqi qush ham ulardan qusur topa olmas edi. Shayx ruhidan menga madad yetishib, bu bulbul sayrashi cheksiz bo'ldi. Har bir kiski bu mutanosiblikka ko'z tashlasa, unga Qaqnus qushini o'xshjktgan bo'lar edi.


Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish