Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet135/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

CLV


Istig'no vodiysining bayoni
Keyingi vodiy Istig'no vodiysi bo'lib: u yerda a'lo va past tabaqali kishilarning hammasi teng sanaladi.

Istig'no yeli har dam shitob ko'rsatib, olamga to'polonlar soladi. Istig'no bulutidan yoqqan yog'indan yuz tuman olamni suv olib ketadi. Yetti dengiz unda bir qatra yomg'ir kabi, yetti osmon uning oldida ko'knor donasi kabi kichikdir. Yetti do'zax olovi bu yashin oldida bir uchqunga teng bo'lsa, sakkiz jannat uning oldida bir shudring misoldir.

U yerdagi chumolilar sher bilan ovqatlanadi, pashshasi esa filni ov qilishga qodir. U

yerda yetti iqlimni zabt etgan qahramon shoh ham oddiy bir gadoga tengdir. Qotillik tig'i u yerda o'zining yuz ming qo'shini bilan saf tortib turadi. Qoqum terisidan tikilgan qimmatbaho kiyimlar u yerda nazar-pisand qilinmaydi. Ko'kni yutib yuborishga qodir ajdaho u yerda Bibi Maryamning nozik p bilan bab-baravar turadi. U yerda minglab maloikalar to'dasi e'tibordan qolib, nogoh Odam sharaf tojini kiydi. Yuz ming jism o'z ruhidan begona bo'lganida, Nuh kemachilik bilan odamlar hayotini ofatdan saqlab qoldi.

U yerda Namrudni son-sanoqsiz pashshalar chaqqanidan tortib, Xahlning o'tni chechakka aylantirgani ham; yoki yuz ming begunoh bolaning bekordan-bekorga qoni to'kilishiyu Kalomullohning sharaf etilishi ham; yoki yuz minglab din ahlining o'z e'tiqodidan voz kechib, zunnor bog'laganiyu Masih nafasidan jon taskin topganigacha; yoki bu ko'hna zolim dunyoning yuz ming qon to'kishidan Muhammadning bir tun Arsh uzra sayr qilganiga qadar — hamma-hammasi, bona yo'q barcha narsalar — din ahliyu kofirlar eli — barchasi birday teng hisoblanadi.

Agar Zahhok ming yil ulusdan qon to'kkan bo'lsa ham, yoki Masih o'lgan badanga jon ato etgan bo'lsa-da, yoki Buxtunnasr elga zulmu qasos solgan bo'lsa ham, yoki No'shiravon(Eron shohi Xusrav ibn Qubod (531-589)) adolat egasi bo'lsa-da, bu yerda ikkisiga bir xil hukm deb bilgin va kel, bu ehtiyojsizlikni tomosha qilgin!

Bu yerda yuz tuman quyosh yo'qolib ketsa ham osmonda bir zana kam bo'ldi deb hisobla. Agar yerga yuz tuman chuqur dengiz singib ketgan taqdirda ham, sen uni bir qatra g'oyib bo'ldi deb sana. Agar yuz tuman hum pari kuyib kul bo'lsa, sen ularni bir pashshaning singan qanoti kuydi deb bil. Yel bu to'qqiz qavat falakni sovursa, bir epkin xashakni uchirdi deb hisobla. Yoki Qof kabi azamat tog'ning yo'q bo'lishini yer yuzidan bir dona qumning yo'q bo'lmog'iga tenglashtir. Agar jannatda o'sadigan sidra va to'bi daraxtlari yo'qolib qolsa, o'rmondan bir yaproq kamaydi, xolos, deb bil.

U yerda gumroh va ogohni teng ko'r. Mayxona ko'chasi bilan baytulloh - Allohning uyi (Ka'ba) ham u yerda bir turadi. Agar e'tiqodi yuksak yoki e'tiqodi past olovparast bo'lsa- da, baribir u yerda Ka'ba bilan butxona bir hisoblanadi. Unda ming yashar fil ertalab tug'ilgan yosh filga yoki bu ulkan dunyo bir kichik ko'knor donasiga teng turadi. Kufr bilan din ham u yerda teng miqdorda bo'lib, bunda solikka behad qiymchiliklar yuzlanadi.




Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish