Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Download 168,76 Kb.
bet130/172
Sana05.08.2021
Hajmi168,76 Kb.
#139294
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   172
Bog'liq
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr

CL


Hikoyat
Bir qudratli podsho o'tgan edi. Uning xazina va boyliklari askarlari kabi son-sanoqsiz edi. Bu shohning bir zebo o'g'li bor bo'lib, uning go'zalligi oldida hatto Yusuf ham qui bo'larli darajada edi. Sharq quyoshi uning husnidan sharmanda bo'lgani uchun oyog'i ostiga bosh qo'yardi. Sarv uning navnihol qaddiga soya kabi, oy esa uning yuzi quyoshiga bezak bo'lgudek edi. U ham quyoshdek husn bilan olamni zabt qiluvchi, ham oy kabi chehra bilan osmon baxtida jilvalanuvchi shoh edi. Ko'zi har boqishda olamni buzar, ishq ahliga o'zga olam ko'rguzar edi. Agar la'li so'z boshlasa, jon olar, tabassum qilsa, jon kirgizardi.

Butun olam unga oshiqu shaydo bo'lgan, agar u qatl etmoqchi bo'lsa ham kishilar bundan g'am chekishmas edi. Kofir va mast ko'zi din va imon ahliga doim qirg'in keltirar edi. Chaqmoqdek uchqur otini har tomonga choptirar, bu chaqin bilan jahonni kuydirardi. Olam ahli unga maftunu shaydo bo'lgan, lekin u kishilarga haddan ortiq nozu

istig'nolar qilar edi. U xalq sari ko'zining uchi bilan bir qiyo boqsa, zulmi tig'idan tuman ming kishining qoni oqardi. Jahon elining o'lmog'iga u parvo qilmas, balki zulmu istig'no bilan darhol qatl qilib qo'ya qolardi. Uning ko'chasiga borishdan hatto shamol ham jon hovuchlar, u tomonga esmoqdan joniga qo'rquv tushar edi. Shamol uning gulshaniga esa olmagani sababli u yerdagj gulbarglar gullardan tanbeh olardi.

Bir kuni u sahro kengliklarini aylanib qaytish uchun ot surdi. Dasht uzra yuz tuman majnun zor yotar, ularning barchasi uning ishqi shiddatidan beqaror edi. Lekin uning yuziga boqish uchun ularda imkon yo'q, u tomonga qarashdan ular bahramand bo'la olmas edilar. Hamma yaxshi-yomon uning vasliga erishmoqni istar, lekin bunga yetishmoq mumkin emas edi.

Nogahon saodatli shahzoda sahroda turgan elga nazar soldi. Ko'zi ular orasidagi ishq zanjiriga mubtalo bo'lgan ikki xasta oshiqi zorga tushdi. Shahzoda o'z mulozimlariga buyruq qilib, bu ikki devonasifatni huzurimga olib keling, dedi. Ular ikki mubtaloni ushlab, podsho qasri tomon ot soldilar. Shoh ulardan birini zindonga mahbus qilib, ikkinchisini o'ziga itboqarlik xizmatiga tayinladi. Unisi zindonda yotgan bandilar bilan hammakon bo'lsa, bunisi zanjirlangan itlarga giriftor bo'ldi. Ular shu qiyin ahvolda bir qancha vaqt o'tkazib, kulfat tortdilar.

Bir dardmand kishi ularning biridan:



  • Azob-uqubat ichra sizning holingiz qanday kechmoqda? — deb so'radi. U dedi:

  • Shu ham azob bo'ldimi? Turgan-bitgani rohat-ku! Mashaqqat chekish qayoqda deysan? Ishqidan ko'nglim to'lgan holda uning ko'chasida it bo'lishga ham rozi edim. Garchi men uning itlariga xizmatkor esam-da, uning itlariga boshliqman.

Unisi dedi:

  • Uning ishqi ko'nglimga zo'r kelib, bundan agar mening turar joyim go'r bo'lsa ham rozi edim. Garchi hozir zindonda kishanlangan holda yotgan bo'lsam ham, lekin uning vaslidan ko'nglim umidvor.

Oy chehrali shoh ularning bu so'zlarini pana joydan rurib eshitmoqda edi. Ular shu tarzda o'z istaklariga sodiq va ishq yo'siniga muvofiq edilar. Bu so'zlarni eshitgan quyosh kabi shoh cheksiz xursand bo'lib, bu so'zlar uning ko'ngliga bag'oyat xush yoqdi. Ularga katta ixlos ko'rsatib, ikkalasini o'zining eng yaqin mahramlariga aylantirdi. Ular o'z talablarida sadoqatli bo'lganliklari uchun oqibatda ana shunday samaraga erishdilar.


Download 168,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish