www.ziyouz.com
кутубхонаси
26
LIX
Hikoyat
Bir podsho ko'ngil yozish niyatida butun mamlakatga katta to'y berdi. Unda ziynat har
qancha gumon qilinganidan ham ortiq darajada edi. Butun mamlakat va shaharlardagi
aholi boshdan-oyoq yasanib, ko'chaga chiqa boshlashdi. Bu to'yda san'at ahli juda
yuksak mahorat ko'rsatib, osmon quyoshi kabi porloq gumbazli yuzta to'rt burchakli
chodir qurdilar. Hunar ahlining barchasi ularni shunchalik bezashdiki, natijada bu
chodirlar butun mamlakatning ko'rkiga aylandi. Ko'p ajoyibotlar kashf etildiki, hayot o'z
sehriga o'zi rom bo'lib qoldi. Har bir kishi o'yin-kulgi deb nayrangbozlik qildi, g'am-
hasratni dog'da qoldirish uchun ayshu nash'u namosini oshirdi.
Shu odamlar orasida bir behayo razil kishi o'zini bo'yra shohi deb e'lon qildi. Uning
ustidagi kiyimi boshdan oyoq bo'yradan bo'lib, sadoq, qalqon va bayrog'i ham bo'yradan
yasalgan edi. U bir necha nokas masxaraboz do'stlarini ham o'ziga o'xshash yasantirdi.
Shu tarzda ular bazm maydoni tomon yo'l oldilar. Yo'l-yo'lakay har xil buzuq, bid'at
o'yinlar ko'rsatdilar. Ularning boshlig'i esa o'zini go'yo mamlakat shohi hisoblar, har
nimaiki qilgan hazil ishlarini chin deb bilar edi.
Nihoyat, shodlik ayyomi nihoyasiga yetib, u ablah o'ziga ta'ziya tutdi. Uni ushlab olib,
soyaboni va tojini boshiga urdilar, bo'yra to'nini esa buzib, kuydirib yubordilar. Bu
hangomadan so'ng bildiki, shohligi masxara bo'lishdan boshqa narsa emas ekan.
LX
Burgut uzri
Burgut, ya'ni Uqob o'rtaga kirib, shunday dedi:
- Ey qushlar xo'jasi! Mening holatim o'zga qushlardek emas; kishilar qumri yoki
bulbul kabi meni maqtab, vasf etmaydilar. Mening savlatim bahaybat, qahrim esa
yomon, tog' mamlakati ichra qahramonman! Har kun bir necha kaklik menga ovqat
bo'ladi, agar bu bo'lmasa, tunlari ko'zimga uyqu kelmaydi. Yegulik izlab havoga
ko'tarilsam, mendan qulon yoki kiyik qochib qutulolmaydi. Bo'g'zi shu qadar katta
bo'lgan qush ozuqsiz yo'lni qanday nihoyasiga yetkaza oladi?! Men bu yo'lda ko'proq
xo'p qanot qoqdim ham deylik, qornim ochgach, yiqilib qoldi deyaver!
LXI
Hudhudning Burgutga javobi
Hudhud shunday dedi:
- Ey qudratli hukmdor! Olam ahli sendek kishini shu vaqtgacha ko'rmagan! Sening
zotingga yigitlik maqtovi loyiq, otingga esa pahlavonlik yarashadi. Ammo sening bu
tumshug' va changalingga, shavkatli va saodatli qanotlaringga xayfl Ey, badnafs
pastkash! Sen asl maqsadni ista! Halitdan bunchalik ojizlik ko'rsatma, yo'lga tushmay
turib qanotingni chetga tortasan. Changaling, tumshug'ing va qanotlaringga bu uyat
emasmi?! Sen shular bilan o'zingni tavsif etding-ku! Zo'rliging va shavkating bilan
o'zingni ta'riflading-ku! Shuni yaxshi bilki, o'z shirin jonidan kechib, bu yo'lga kirgan
kishinigina haqiqiy pahlavon va qahramon desa bo'ladi.
LXII
Hikoyat
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |