XXIX
Kabutar parvozi tarzida Hudhudning parvozi
— Ey Kabutar! Osmonga parvoz qil, havoda charx urib, har xil o'yinlar ko'rsat! O'z
uyingda — qorong'u xonada o'tiraverma! Axir kabutarxonada o'tiraverib, shabko'r bo'lib
qolding-ku! Shoh qasriga borishni xayol et va bu orzuni amalga oshirishga qanot qoq!
Chunki ko'ngling yliksaklikka parvoz qilishdan qolib, shoh qasrining tomiga qo'nishni
unutib qo'yibdi.-Qasr sultoni huzurida oliy maqom tutish xotirangdan batamom
ko'tarilibdi. Endi sen u tomonga yo'l ol! O'sha torn uzra qo'n va bu ayyom gardishi uzra
baxtiyor bo'lgin. Zora u seni o'z huzuriga qabul qilsa va sen kabutarlarning asl xoni
tomon yo'l topa olsang!
XXX
Shohboz husnu istig'nosi vasfida Hudhudning rahnamoligi
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |