www.ziyouz.com
кутубхонаси
95
yo'qotsa, Habibullohdek yuksak sharafga erishadi hamda borlik va yo'qlikdan ogoh
bo'Iadi. Vahdat me'rojiga chiqib, poklik siridan unga xabar yetadi. Ko'zi vasl nuridan
shunday yorishib ketadiki, bu paytda oradan "menlik" va "senlik" yo'qoladi.
Haq vujudi dengiz mayjlarini yuzaga keltiradi. Mayj naqshidan dengizga ne ziyon
yetadi? Dengiz, xoh u mavjli boisin, xoh mayjsiz, o'zidagi suv bilan dengiz sanaladi.
Suvsiz mayj hosil bo'lmaydi. Mavjning boru yo'qligi dengizga bog'liqdir.
Agar sen buni chuqur o'ylab ko'rsang yoki ishq sirlarini diqqat bilan mulohaza qilsang,
Alloh sifati bilan birlashib ketganingda, ogoh xotiring bilan shu so'zlarni aytishga jur'at
etasan: ya'ni, yaratilgan hamma narsadan asosiy maqsad sening o'zingsan! Sendan
tashqarida hech narsa mayjud emas! Sen o'zing zotning muxtasar tafsilisan
hamda
borliq mushkillarini tushunib yetuvchisan! Shuning uchun o'z vujudingga tafakkur qilib,
nimani istamoqchi bo'lsang, faqat o'zingdan istagil!
Sen jannat bog'chasidagi ajib bir go'zal qushsan va sharaf bo'stonida pokdomonsan.
Lekin Simurg’ istagan u qushlar galasi suluk ichra riyozat bilan sayr qilib, bu yo’lda
o'zlarini qobil etdilar va bu talabdan vasl hosil qildilar. Senda ham u imkoniyat tarzida
mayjud bo'lib, agar yomon fe'lingni tuzatsang, maqsadga erishasan! Agar bu yo'lda
o'zingni qobil etmay, pastu baland so'z aytsang, dorga osilishing turgan gap.
Kimki bu ma'nidan ogoh bo'lsa, bilgilki, bunday so'zlarni aytishga til qisqalik qiladi.
Bundagi so'z o'zgacha-yu ma'no o'zgachadir. So'z bilan mashg'ul kishi undagi ma'noni
anglamaydi.
Menga qanday ma'no ayon bo'lgan bo'lsa, uni qush till bilan bayon qildim. Aytgan
so'zlarim faqat o'z zohiriy ma'nosida tushunilmasin, undagi chuqur ma'nolarning yuzlari
yopilmasin. Bu so'zlarimni faqat qush tilini bilganlargina fahmlay oladilar. Fahmlagach,
undagi mazmundan qattiq vahimaga tushadilar.
Ammo ziyrak qush bu so'z tagida nimalar borligini darhol anglaydi. Bu so'z barcha
so'zlar ichida eng mushkilidir, u tilsiz kishilarning tilidir. Shart shuki, uni anglagan kishi
mabodo o'zgalarga sharh qilib o'tirmasin, chunki tilidan boshiga biror ofat yetishi
mumkin.
Ey AIloh! Men bu so'zlarni aytib, senga tavba qilaman. Aytib bo'lmas so'zlarim uchun
sening o'zingdan panoh istayman. Bu fikrlarni o'zimcha rejalamadim, balki Attor
so'zlarini sharh qilib berdim. So'zimga ofat tushishidan o'zing asra, kimga payravlik
qilayotganimni nazarga ol. Agar men xatoga yo'l qo'ysam, u nuqsonsizdir, chunki u
kamol varaqlariga ko'p xatlar yozgan. So'zda agar tab'im g'alat aytishga moyillik
ko'rsatgan bo'lsa, uni komil boshliq so'zlari tufayli deb bil. Men unga izdoshlik qilib, sen
haqingda so'zlar aytdim, uzrimni quvvatlab, gunohimdan o't.
CLXX
O'z mulohazasi qusuri uzriga tamsil
Bir parishon tabiatli devona bo'lar edi. U birov savdosidan ko'p zor ahvolga tushgan
edi. U ko'ngil qo'ygan jonona davronga ofat soluvchi, balki ishvasi bilan barcha jonluarga
qiron keltiruvchi edi. Husn bobida hur va parilar ham unga taslim bo'lgan, oy va quyosh
ham uning oldida chiroyli ko'rinmas edi. Olamni uning husni g'avg'osi tutgan, turli
shaharlar va mamlakatlarga uning shov-shuvi tarqalgan edi. Husnining latofati garchi
cheksiz bo'lsa-da, va lekin u ikki ish bilan mashhur edi. Birinchisi, u bilimdonlik va
zukkolikda kamolot sohibasi bo'lsa, ikkinchisi, shiddat bilan jafo ko'rsatishga ham usta
edi.
Bir kun ishqda majnuntabiat bo'lib qolgan oshiq ma'shuqasini yodga olib, uning yuzini
gulga, qaddini sarvga, ko'rinishini tovusga, yurishini qirg'ovulga qiyos qildi. Devona
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |