www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
74
O'ldirilgan kishilar qanday o‘lishini bilasizmi? Yo‘q deysizmi? To‘g‘ri, nimaga ham
bilishingiz kerak-a? Ming yillardan buyon o‘limning siri haqida gapiramiz, o‘zimizni uning
kelishiga tayyorlaymiz, lekin u shu qadar odatiy va bexosdan sodir bo‘ladiki, go‘yoki
suhbat chog‘ida, hojatxonada yoxud qassobxonada go‘shtni qiymalayotib giriboningizdan
oladi. Ha, barchamiz bir tanu bir jonmiz, na birovimiz oqilroq, na yaxshiroq va hatto
pokizaroqmiz.
Qisqa otishuvdan keyin jangarilar boyagi qishloqdagi barcha erkaklarni o‘ldirib
yuborishdi. Bizni esa yerto‘ladan sog‘-omon holda topishdi, u yerdan chiqqach,
o‘ldirilgan odamlar qanday bo‘lishini ko‘rdim. G'alati holda har yer-har yerda cho‘zilib
yotganlarga ko‘zing tushsa... Agar o‘lik hayvonni ko‘rib qolsak, ha o‘libdi-da, deb
ketamiz, lekin inson zotining ko‘cha-ko‘yda o‘lib yotganini xayolga keltirilmaydi: uning
kiyim-kechagi bor, oyog‘ida etigi, soati hanuz chiqillab turibdi, u go‘yoki boshqa bir
narsa uchun mavjudday, xuddi chidab bo‘lmaydigan bir qop go‘shtdan ham boshqa
narsa kabi. Hatto bo‘yin atrofida qotib qolgan qonda ham nedir xatolik borday va bu
sening shundoqqina oldingda tursa, hammasi nechog‘li oddiy ekaniga ham ishonging
kelmaydi. Osmon uzilib yerga tushmas, yer portlab ham ketmagay, yo‘q, hech narsa
sodir bo‘lmaydi. Ikki soatgina avval ismi, xotirasi bor bu tanalar endi axlat uyumiga
aylandi-qoldi. Faqatgina ularning sochlari shamolda tiriklikdan darak berganday
hilpiraydi...
Qo‘mondon ularni to‘plab, o‘raga tashlashni buyuradi. Jangchilar yer chizib borayotgan
o‘liklarni sudrab ketishadi, ulardan faqat ana shu izlar qoladi. Kimdir aytgandi: «O inson,
oppoq qor ustida himoyasiz bo‘l!»
75
Isfahonda Registon atalmish mo‘‘jizali maydonning orqasida bir necha boshi berk ko‘cha
bor. Unda qadimgi, loydan qurilgan uylar orasidan uchib chiqadigan g‘alati qarg‘alar
sizga hamroh bo‘lib olishi umkin. Yoki to‘satdan oldingizda paydo bo‘lgan qop-qora
matoga o‘ralgan ayol sizdan o‘zini yashirib o‘tib qoladi. Axlat uyumi yonida o‘tirar
ekansiz, o‘zingizning qanchalik keraksiz ekaningizni anglab qolasiz: agarki bu dunyoda
o‘zing o‘zingga yuk ekansan, yana kimga ham kerak bo‘la olarding? Bu kabi o‘lim
sharpasini keltiradigan barcha dahshatlar bir qarashda kulgili tuyuladi, shu sabab birdan
ular qutqu soladiganday: go‘yoki o‘sha qora qarg‘a sizni mudom ta'qib qilib kelgan, qora
kiyimdagi ayol esa sizni o‘ldirish uchun yuborilganday. Hamma narsani unutgan holda,
keraksizliging boisidan bari qo‘rquv va bezovtalikni bir-bir tahlil qilishga kirishasan kishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |