Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
51
Gruzinning vazifasi esa harakat qilishmas, balki bir joyda turishdan iborat bo‘lardi. 
Natijada to‘p uchib kelib uning boshiga tegardi-da, darvozaga kirib ketardi. Baxtga 
qarshi bizning o‘yinimizda o‘shanaqa mohir o‘yinchilar yo‘q edi-da. Oxir oqibat 
darvozabonimiz bor umidsizligini to‘plab, to‘pni bir tepgandi, u o‘qday uchib borib, 
eronlik hujumchining boshi orqasiga kelib urildi, tabiiy, u buni hech kutmagandi, so‘ngra 
to‘p xuddi o‘sha mashhur gruzin hujumchisining boshidan uchgan kabi orqaga qaytib, 
darvoza ustuniga tegdi va darvozabonimiz yelkasini yalab o‘tib, oxiri darvozaga kirib 
ketdi.
O'sha mahal maydonda, nafaqat maydonda, balki, shaharda va butun mamlakatda nima 
sodir bo‘lganini xayolingizga keltirib ko‘ring-a! Xuddi yangi bir inqilob ro‘y berdi: olomon 
ibodat qilishni ham unutib, kecha-yu kunduz qo‘shiq aytar, biz masxara va achinish 
sababchisiga aylangandik. O'yinda yutqazib qo‘yib, shu qadar katta shuhratga erishdikki, 
bizdan keyingi o‘yin g‘oliblari ham mashhurligimizga to‘siq bo‘la olmadi. 
69
Nega Erondagi futbolni esga oldim? Yo‘q, faqat e'lon qilingan o‘limimni kutib yotganim, 
uning Isroilda sodir bo‘lmagani uchun emas. Erondagi voqealarni eslashga uringanimga 
sabab, uch kun avval Tog‘li Badaxshondagi qor bilan qoplangan qiyalikda futbol 
o‘ynaganimiz va to‘p o‘rnida paytava tiqib to‘ldirilgan mo‘ynali telpakdan 
foydalanganimiz edi. Qishloqni zabt etgan komandamiz, qilgan dushmanligimizga 
qaramay, yaxshi qabul qilgan mahalliy aholiga qarshi to‘p surdi. Darhaqiqat, keyinroq 
Erondagi nemis komandasiga o‘xshab, ularni zerikishdan saqlab turgan katta yangilikka 
aylandik, lekin bizning o‘yinimiz no‘noqlikka qarshi no‘noqlik o‘yini bo‘lmadi. Mahalliy 
aholi qishloqlarini tunda ishg‘ol qilgan biz qo‘rqoqlardan kuchli ekanliklarini isbotlash 
uchun kurashishdi. Biz ham bo‘sh kelmadik. Lekin hayot uchinchi bir narsani isbotladi. 
Sirpanib, surilib muzlab qolgan oyoqlarimiz bilan to‘pni tepishga chiranib turganimiz 
mahalda, bizga ovqat tayyorlashga unnaymiz degan uch jangari yo‘qolib qolsa bo‘ladimi. 
Biz o‘yinda yutqazib qo‘ydik, buning ustiga, o‘lganning ustiga tepganday qilib, butun 
lager trevogadan oyoqqa turdi. O'lguday ochiqqan va charchagan boshqa jangarilar 
qochoqlarni izlashga yuborildi. To‘rttamiz - men, Li, telba yigit va qo‘riqchimiz ovqat 
tayyorlashga qoldik.
Hali o‘lganning ustiga tepki, degan iborani eslatdim, bu esa murdaning ustida raqs 
tushganga o‘xshadi. Jangarilar qishloqni tark etishlari hamono, sakkiz kishi qurol ko‘tarib 
oshxonamizga kirishdi va hech bir ikkilanmay, qo‘l-oyog‘imizni bog‘lashdi. Bir asirlikdan 
ikkinchisiga tushdik. Bu biz o‘ylaganchalik emasdi, men chindan ham qo‘rqib ketgan, 
qishloqni ishg‘ol qilayotib, qari kampirga qanday qilib baqirganimni esga olardim. Bunisi 
endi so‘nggisi, deya o‘yladim. Agar avalgi asirligimda har qalay tushunishlariga va 
kechirishlariga umid qilgan aybsiz bo‘lgan bo‘lsam, bu gal ancha aybli va nafratga loyiq 
edim. Endi bular ham boshimizga qop kiygizishadi, deb qo‘rqib turuvdim, yo‘q, unday 
bo‘lmadi, baxtimizga ular bizni qorong‘i yerto‘laga tashlab, bir nechta un va gurunchli 
qoplarni uning qopqasi ustiga bostirib, tezda g‘oyib bo‘lishdi. Bir-birimizga qapishgan 
holda zimiston va noaniq qo‘rquv ichra qolaverdik...


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish