Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz
www.ziyouz.com
kutubxonasi
62
Li nega qo‘lyozmaning bu qismini aynan o‘sha mahal aytib berganikin?
Bu qandaydir
maqsadga qaratilganmidi yo u shunchaki uzundan-uzoq asirlikdagi soatlarni qisqartirish
uchun shunday qilganmi? Bu uning oxirgi ishiga qanchalik mos tushadi? U bo‘rilarning
menga o‘xshab soddaligidan kulayotgan tulkilarning biriga o‘xshamayaptimi? Yo u
hikoyani boshqa bir sabab bilan aytdimikin? Agar shunday bo‘lsa, qanaqa sabab edi u?
Biz hamisha mana shunaqa savollar bilan o‘zimizni qiynashimizni sezyapsizmi? Nechun
dunyoda sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘layotgan narsalarga murojaat qilamiz? Qaysi nafs
buni mumkin yoki ma'qul qilib qo‘yadi? O'sha qo‘lyozmadan Li boshqa hikoya ham
so‘ylab bergandi:
Bilga-Hoqon g‘alati bir kayfiyatda edi. Avval hech bunday shubhali ko‘rinmagandi.
U shu
qadar xayolga berilgandiki: dunyoning butun aqlu zakovatini aniqlash uchun jamiki
Muqaddas Kitoblar tarjima qilinib, yuzlab bug‘u terisidan tayyorlangan sahifalar
uning
huzuriga keltirilgandi. Ba'zan tilmochlar tilmochi, dunyodagi
barcha tillarni yaxshi
biladigan oq boshli Yaril ulardan parchalar o‘qib berar, Bilga-Hoqon buni arang tushunar,
lekin ulardagi noaniqlik aqlu zakovatning isboti kabi edi. Bilga hech qachon Yarildan
ularning barchasini o‘qib berishni so‘ramasdi, chunki u boshqa yumush - parchalarning
barini eng katta toshga o‘yib yozishni amalga oshirish uchun saqlab turilgandi. Bunday
toshning abadul abad Bilga-Hoqon nomi bilan o‘rnatilishi haqidagi g‘oya
uning yuragini
qizitardi.
Ikkinchi tomondan esa, aqlu zakovatni tarjima qilgan kishilarni kuzatarkan, Bilga
ulardagi nomukammallikka e'tibor qaratardi. Birgina Qitan va Tatabudan kelgan Udar
Sengunni olaylik. Bu nestorialik general armani rohibni marhumning xotini Ko‘rk
xotin
ko‘magida keltirib katta muvaffaqiyat qozongandi. Kul-Tegin avval undan Muqaddas
Kitobni tarjima qilishda foydalangan, keyin esa begunoh beva xotinni zo‘rlashda
ayblagan. Shunday qilib Bilga armanini qatl etishi kerak edi. Armani qachonlardir
qutqarib qolgan Ko‘rk xotin o‘sha qo‘rqinchli voqeani la'natlab yurdi. Udar, Bilga-Hoqon
va general bundan uning haqligi va bevaning jinoyatini isbotlash
uchun foydalanishga
urinishdi. Qolaversa, ularning Muqaddas Kitobida shunday deyilgan: «Yoningizdagi
kishilarni seving...»
Yo Parsdan kelgan zardusht ruhoniy Farmuzdni oling. Uning cherkov qo‘shiqlariga bir
quloq tuting-a:
«Quyosh osmonga ko‘tarilgan zamon Yerga rahmat yog‘iladi va undagi oqayotgan, bir
joyda muqim turgan va dengiz suvlariga rahmat yog‘ilgay. Muqaddas Ruhning barcha
yaratilganlari yorlaqalanmish. Magar Quyosh ko‘kka ko‘tarilmasa, shaytonlar Yerda
buzg‘unchilik qila boshlaydi va samoviy hech narsa tirik qolmas.
Men baland ovozda duo
qilib Quyoshga ibodat qilaman, ha, o‘lmas va abadiy Quyoshga sajda qilaman, fikru
xayolim, ishu a'molim va to‘g‘ri so‘zim bilan iltijo qilaman. Men Quyoshga ibodat
qilaman!»
Bilga-Hoqon yuragining tub-tubigacha his etadigan bunday so‘zlarni aytar ekan,
quyoshga ibodat qilishga ruxsat berilgan tonglarning birida u tilmochni chalg‘itib, uning
otini o‘g‘irlagan va qochishga uringan, lekin Bilganing abjir yigitlaridan biri uni tutib,
ortiga qaytargandi. Bilga-Hoqon bu ishi uchun uni jazolamagan, biroq Quyoshga ibodat
qilishiga chek qo‘ygandi. Xo‘sh, hozir u qorong‘i boshpanada
Axura-Mazdaning qizi ilohiy