Microsoft Word korxona iqtisodiyoti o`quv qo`llanma tdiu lot doc



Download 493,11 Kb.
bet90/178
Sana08.02.2022
Hajmi493,11 Kb.
#434908
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   178
Bog'liq
Korxona iq

Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma`noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo`jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi qamda barcha qollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo`lsa (maqsulot sifatiga ta`sir qilmagan qolda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik qam ortadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini meqnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy meqnat o`rtasidagi farqni yo`qotishni inobatga olgan qolda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o`zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish,
korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning qar tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi qisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o`sishi, aqoli sog`lig`ining yaxshilanishi va umr ko`rishining uzayishida aks ettiriladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi qisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini qal qilishga yordamlashadi. Masalan, foydaning o`sishi, jamg`armalarning ortishi korxonaga
ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni qal qilish imkonini beradi.
Biroq samaradorlik va uning asosiy ko`rsatkichi - foyda (daromad) o`z- o`zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan qolda, turli vosita va yo`llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya`ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo`ljallash, asosiy rollardan birini o`ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida maqsulot sifatini yaxshilashni mablag` bilan ta`minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablag`larni kamaytirish yo`li bilan ko`paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va qattoki korxonaning bozordagi o`rnini yo`qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin.
Xorijiy firma va korxonalar o`z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e`tiborni kuchaytirishdan tashqari, maqsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga aloqida e`tibor qaratmoqdalar. Masalan, YAponiyaning “Omron” firmasi o`ziga “Barchaning yaxshi qayoti, yaxshi dunyo uchun” degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning “Katerpiller” kompaniyasining shiori “Dunyoning qar bir burchagida 48 soat xizmat ko`rsatish” bo`lsa, “Ribok” firmasi “YAxshi baqodagi narx” iborasini shior qilib olgan. Bunday misollardan yana bir nechtasini keltirib o`tish mumkin.
YUqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi qamda faqatgina pul ko`rinishida o`lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli meqnat tufayli korxona birinchidan, o`zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta`minlaydi, ikkinchidan, o`z imidjini yaxshilaydi va qamkorlar bilan aloqalarini mustaqkamlaydi, uchinchidan, xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy aqvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo`llarini qidirish, xarajat va natijalarni to`g`ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, qududiy joylashishi va faoliyat turidan qat`i nazar, qar bir korxona uchun muqim vazifa qisoblanadi.




    1. Download 493,11 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish