Kichik korxona qisoblanadi:
engil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog`ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg`i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan;
fan, ilmiy xizmat ko`rsatish, transport, aloqa, xizmat ko`rsatish soqasi (sug`urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish xamda boshqa noishlab chiqarish soqalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar.
Ixtisoslashuv darajasiga ko`ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo`linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan maqsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil maqsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o`rtasidagi oraliq guruqni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko`ra, korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi korxonalarga bo`linishi mumkin.
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko`ra, korxonalar to`liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo`l-mashina va faqat qo`l meqnatiga asoslangan korxonalarga bo`linadi.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-ququqiy turdagi - qo`shma, ijara, qissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo bo`lishiga olib keldi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining boshqa ko`rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muqofaza qilinishi belgilab qo`yilgan. YAngi qonunchilik qujjatlarida yangi iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-ququqiy shakli tushunchasi kiritilgan.
Korxonalarning qonun qujjatlari va boshqa xo`jalik ququqi normalarida ko`zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan maqsulot turi va qajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a`zo bo`lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog`liq bo`lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko`rinishlari xo`jalik yuritishning tashkiliy-ququqiy shaklini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |