1. Qurilish qorishmalari va ularning turlari
Qurilish qorishmalari deb, bog'lovchi moddalar, suv va mayda
to'ldirgich (qum) larning to'g'i tanlangan aralashmasining qotishi
natijasida olingan sun'iy tosh materialga aytiladi.
Bu materiallarning qotishga qadar aralashmasi qorishma ara-
lashmasi deb ataladi.
Zarur bo'lgan hollarda aralashmaga turli qo'shimchalar (min-
eral, yuza-aktiv, ximiyaviy va boshqa) qo'shiladi. O'zining tarki-
biga ko'ra qurilish qorishmasi mayda donador beton hisoblanadi
va u betonga xos bo'lgan qonunlarga asosan qotish hususiyatiga
ega.
Qurilish qorishmalari zichligi, bog'lovchining turi va vazifasi-
ga qarab guruhlarga bo'linadi.
Quruq holatdagi zichligiga ko'ra qorishmalar og'ir - o'rtacha
zichligi 1500 kg/m
3
va bundan ortiq hamda yengil - o'rtacha zich-
ligi 1500 kg/m
3
dan kichik, qorishmalarga bo'linadi.
Og'ir qorishmalar uchun to'ldirgich sifatida og'ir kvars yoki
boshqa qumlar ishlatiladi. Yengil qorishmalarda esa pemzadan,
tufdan, shlaklar, keramzit va boshqa yengil g'ovak materiallardan
tayyorlangan qumlar ishlatiladi.
Bog'lovchi moddaning turiga ko'ra qurilish qorishmalari se-
mentli – (bog'lovchi - portlansement yoki uning xillari);
ohakli
(bog'lovchi – havoda qotadigan yoki gidravlik ohaklar);
gipsli
(bog'lovchi – qurilish gipsi, angidritli bog'lovchilar) va
aralash
(sement – ohakli, sement-loyli, ohak-gipsli va h.k) qorishmalarga
bo'linadi.
Bitta bog'lovchi asosida tayyorlangan qorishmalar
oddiy
, bir
nechta bog'lovchilardan tayyorlangan qorishmalar.
aralash
yoki
murakkab
qorishma deb ataladi.
Ishlatilishiga ko'ra qurilish qorishmalari g'isht toshlarni terish
uchun ishlatiladigan, sovuq va pardoz uchun ishlatiladigan va
alohida xususiyatga ega bo'lgan maxsus qorishmalarga bo'linadi.
Oddiy qorishmalar uchun bog'lovchi sifatida ohak, gips, pot-
4
landsement, pussolanli portlandsement, shlakoportlandsementlar
ishlatiladi. Gidravlik bog'lovchilarni tejash va qurilish qorishma-
larining texnologik xossalarini yaxshilash uchun aralash bog'lov-
chilar ishlatiladi.
Qorishma aralashmalarining qulay to'shalishi uchun ularga
plastik qo'shimchalar qo'shiladi.
Mineral plastik qo'shimchalar sifatida loysuti yoki mayda
tuyilgan kukun ko'rinishidagi loydan foydalaniladi. Bunlan tash-
qari mayda tuyilgan gidravlik qo'shimchalar - trepel, diatomit
vulkan kuli va boshqalar ishlatiladi.
Organik plastik qo'shimchalar sifatida SDB, milonaft, sovunli
suv (chiqindi suvlar) va h.k. ishlatiladi. Qishki, sovuq sharoitlarda
qo'llash uchun mo'ljallangan qorishmalar tarkibiga qotishni tez-
lashtiradigan va suvning muzlash temperaturasini pasaytiradigan
qo'shimchalar (kalsiy xloridi, natriy, xloridi, potash natriy nitrati
va boshqarlar) qo'shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |