53-rasm.
Prokatlash jo‘valari va kalibrlari:
a – silliq listlar prokatlash jo‘vasi; 1 – bochka; 2 – bo‘yin; 3 – tref;
b – sortli buyumlar jo‘valari; 4 – o‘yiq; d – ochiq kalibr; e – yopiq
kalibr; f – qo‘shtavr balkalarni tayyorlashdagi kalibrlash jo‘valari.
4-§. Prokatlash stanlarining tasnifi
Prokatlash stanlarini ish kletining jo‘valari soniga; ishlab
chiqariladigan mahsulot xiliga; kletlarning o‘rnatilishiga
ko‘ra tasniflanadi.
Ish kletining jo‘valari soniga ko‘ra ikki jo‘vali reverssiz
(duo), ikki jo‘vali reversli, uch jo‘vali (trio), to‘rt jo‘vali
(kvarto), ko‘p jo‘valilarga bo‘linadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar xiliga ko‘ra – qisuvchi,
xomaki zagotovka oluvchi, rels-balka, sort, sim, list truba,
g‘ildirak va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradiganlarga
bo‘linadi.
Ish kletlarining joylashuviga ko‘ra bir kletli, kletlari bir
chiziqda, pog‘onali, shaxmat tartibda joylashgan, yarim
uzlukli va uzluksiz xillarga bo‘linadi.
157
54-rasm.
Prokat stanlar xili:
a – ikki jo‘vali; b – gorizontal va vertikal o‘rnatilgan; d – to‘rt
jo‘vali; f – olti jo‘vali; h – ko‘p jo‘vali; i – universal; j va k – trubalar
tayyorlash jo‘valari;
m
– trubalar cho‘zuvchi jo‘valar.
XXII bob.
METALLARNI KIRYALASH VA UNING
QO‘LLANILISH SOHALARI
l-§. Umumiy ma’lumot
Zagotovkalarni uning ko‘ndalang kesimidan kichik
bo‘lgan teshikli asbob (kirya) ko‘zidan tortib o‘tkazish bilan
ishlash jarayoniga
kiryalash
deyiladi.
Kiryalashda zagotovkaning ko‘ndalang kesimi kichrayib,
uzunligi esa ortadi. Olingan buyum uzunligi
l
ning
zagotovka uzunligi
l
0
ga nisbati uzayish koeffitsiyenti deb
ataladi:
158
0
0
F
l
l
F
λ
=
=
Bu koeffitsiyentning qiymati 1,15-1,25 oralig‘ida olinadi.
Shuni qayd qilish lozimki, odatda, kiryalash metallar
sovuqligida ancha katta kuch bilan olib borilishi tufayli ular
puxtalanadi. Shu sababli bir necha o‘tishda ishlov berganda
uzilmasligi uchun yumshatiladi.
Kiryalash asbobi konstruksiyasiga ko‘ra yaxlit, rostlana-
digan yig‘ma va rolikli bo‘ladi.
Kiryalashda, olinadigan buyumning materialiga va
xarakteriga ko‘ra kirya sifatli cho‘yandan, asbobsozlik
po‘latlaridan, qattiq qotishmalardan va olmoslardan yasaladi.
Kiryaning asosiy qismi kiryalovchi ko‘zi (matritsasi)
bo‘lib, uning ish teshigi ko‘ndalang o‘lchami kichrayib
boradi.
65-rasmda yaxlit kiryalash asbobning tuzilishi tasvir-
langan.
Kiryaning kirish konusi (A uchastkasi) zagotovka uchini
ish qismiga uzatish bilan moyni tekis taqsimlash uchun,
deformatsiyalovchi konusi
(B
uchastkasi) zagotovkani siqib
ishlash uchun, kalibrlovchi konusi
(V
uchastkasi)
zagotovkani ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini kutilgan shaklli
o‘lchamga keltirish uchun, chiqish konusi (G uchastkasi) esa
buyumini tirnalish, sidirilishdan saqlash uchun xizmat qiladi.
Kirya burchaklarining qiymatlari amalda quyidagicha
olinadi: 2
α
burchak 10° dan 24° gacha;
β
= 40° - 60°;
γ
=
60° - 90°.
159
Do'stlaringiz bilan baham: |