63-rasm.
Pokovkalar shakllarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri
tanlanishiga misollar:
a – to‘g‘ri; b – noto‘g‘ri.
Pokovkalardan tayyorlashga mo‘ljallangan detallarni
loyihalashda bolg‘alash texnologiyasi xususiyatlarini
nazarda tutish va bu detallarning oddiy, simmetrik, to‘g‘ri
tekisliklar bilan chegaralangan aniq shaklli bo‘lishiga
harakat qilish kerak. 63-rasmda bolg‘alanishi to‘g‘ri maqbul
bo‘lgan
(a)
va noto‘g‘ri maqbul bo‘lmagan
(b)
shakllar
ko‘rsatilgan.
Pokovkalar, bolg‘alash yo‘li bilan noto‘g‘ri olingan
bo‘lsa, mexanikaviy ishlashga bu esa detallarni
qimmatlashtirib yuboradi. Xuddi shu sabablarga ko‘ra,
bobishkalar, bikrlik qovurg‘alari, ichki yuzalarda chiqiqlar
bo‘lmasligiga ham harakat qilish lozim.
173
XXV bob.
METALLARNI HAJMIY SHTAMPLASH
l-§. Umumiy ma’lumot
Ma’lumki, shtamplashda zagotovkani maxsus asbob
(shtamp o‘yig‘iga) quyib, bosim bilan ishlashda pastki palla
3 o‘yig‘idagi zagotovka ustki pallasi bilan zarblash oqibatida
ular bo‘shlig‘i to‘lib pokovka olinadi. Shtamplar
konstraksiyasiga ko‘ra ochiq va yopiq, bir o‘yiqli va ko‘p
o‘yiqli bo‘ladi. Bir o‘yiqlilardan oddiy shaklli pokovkalar,
ko‘p o‘yiqlilardan murakkab shaklli pokovkalar olishda
foydalaniladi.
Metallarni shtamplashda shtamplash bolg‘alari, krivo-
shipli bolg‘alash presslari, friksion presslar, gorizontal
bolg‘alash mashinalari va boshqa xil mashinalardan
foydalaniladi.
Amalda olinadigan pokovkaning materiali, shakli,
o‘lchami, seriyasi, aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlariga
qaraladi.
Ba’zan yuqoridagi mashinalardan birgalikda foydalanish
ancha iqtisodiy tejam beradi. Masalan, avtomobil
dvigatelning tirsakli valini tayyorlashda zagotovka avvalo
bolg‘ada shtamplanib, keyin uning flanesi gorizontal
bolg‘alash mashinasida shtamplanadi.
Shtamplash erkin bolg‘alash usuliga nisbatan ish
unumining yuqoriligi, pokovka shakli, o‘lchamlarining
aniqligi, yuzasining tekisligi, murakkab shaklli pokovkalarni
minimal qoldirmali olinishi kabi afzalliklarga ega.
Zagotovkalarni erkin bolg‘alash o‘rniga shtamplashga
o‘tish sifatli, arzon pokovkalarni ko‘plab ishlab chiqarishni
ta’minlash bilan chiqindini kamaytirib, og‘ir ishlarni
yengillashtiradi. Lekin bu usul ayrim kamchiliklardan ham
holi emas. Jumladan, pokovka massasining cheklanishi
174
(200–300 kg gacha), shtamp narxining qimmatligi, pitraning
qirqib tashlanishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |