Microsoft Word конструкция doc qisqartirilgan doc


§. Domna pechining mahsulotlari va ularni pechdan chiqarish



Download 3,39 Mb.
bet9/102
Sana25.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#702768
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102
Bog'liq
KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2) iskasndar

§. Domna pechining mahsulotlari va ularni pechdan chiqarish




Ma’lumki, domna pechining asosiy mahsuloti cho‘-yandir. Lekin cho‘yan olishda u bilan birga shlak, domna gazi va koloshnik changi ham ajraladi, shu boisdan, ular ham domna
pechining mahsulotlari hisoblanadi. Cho‘yanlarni kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:

    1. Qayta ishlanadigan cho‘yanlar. Bu cho‘yanlarda uglerodning hammasi yoki ko‘proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe3S) holida, qolgani grafit tarzida bo‘ladi, shuning uchun ham bu cho‘yanlar juda qattiq va mo‘rtdir. Sanoatda bu cho‘yanlardan po‘lat olinganligi sababli, ular qayta ishlanadigan cho‘yanlar deyiladi. Bu cho‘yanlarning siniq yuzalari oq tusda bo‘lganligidan oq cho‘yanlar deb ham ataladi.

Domna pechlarida ishlab chiqariladigan cho‘yan-laning 70–80% ini qayta ishlanadigan cho‘yanlar tashkil qiladi.

    1. Quyma cho‘yanlar. Bu cho‘yanlarda ugle-rodning ko‘p qismi erkin holda, ya’ni grafit tarzida bo‘ladi. Bu cho‘yanlarning siniq yuzalari kulrang tusda bo‘lganligi uchun kulrang cho‘yanlar deb ham ataladi. Ularning oquvchanligi yuqoriligi, qotganda hajmining kam kirishuvi, suyuqlanish temperaturasining nisbatan pastligi, oson kesib ishlanishi boshqa cho‘yanlarga nisbatan afzalligidir. Shuning uchun ham bu cho‘yanlardan turli murakkab shaklli quymalar olishda keng foydalaniladi. Ularga quymakorlik cho‘yanlari deb ham ataladi.

Domna pechlarida olinayotgan cho‘yanlarning 10–12% ni bu cho‘yanlar tashkil qiladi. Quymakorlik cho‘yanlarining GOST 4832–80 ga ko‘ra LK1-LK7 markalari bo‘ladi. Ular tarkibidagi oltingugurt miqdoriga ko‘ra besh kategoriyaga, fosfor miqdoriga ko‘ra A, B, V, G, va D sinflarga va marganes miqdoriga ko‘ra uch guruhga ajratiladi.

    1. Maxsus cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar tarkibida doimiy mavjud elementlardan Si, Mn ning miqdori odatdagi cho‘yanlarga qaraganda ko‘p bo‘ladi. Maxsus cho‘yanlar uch xilga, ya’ni yaltiroq cho‘yanlarga, ferromarganeslarga

va ferrosilitsiylarga ajratiladi. Yaltiroq cho‘yanlarning siniq yuzalari oynadek yaltirab turganligi uchun ular yaltiroq cho‘yanlar deyiladi. Bu cho‘yanlarning tarkibida 10-25% Mn va 2% Si bo‘ladi. Ularning 3Chl, 3Ch2, 3Ch3 markalari bor.
Ferromarganeslar tarkibida 70–75% Mn va 2,5% gacha Si bo‘ladi. GOST 4756-77 ga ko‘ra SMn10, SMn14, SMn20 va boshqa markalari mavjud.
Ferrosilitsiylar tarkibida kremniy 19–92% gacha bo‘lib, qolgani Al, Mn, Cr, C, S, P lardan iborat bo‘ladi. GOST 1415-78 ga ko‘ra uning FS 90, FS 92, FS 75 1 va boshqa markalari bor.
Maxsus cho‘yanlar olinayotgan cho‘yanlarning 1–2% nigina tashkil etadi. Maxsus cho‘yanlardan po‘latlar olishda, legirlovchilar sifatida foydalaniladi. Cho‘yanlarning yuqo- rida qayd etilgan xillaridan bo‘lak legirlangan cho‘yanlar deb ataladigan maxsus xossali xillari ham bo‘ladi, bu cho‘yanlar tarkibidagi doimiy mavjud elementlar (C, Si, Mn, P va S) dan tashqari ma’lum miqdorda (Cr, Ni, Cu, W va boshqalar) kiritiladi. GOST 1585-79 ga ko‘ra, bu xil cho‘yanlarga ChX9N5, AChS-1, AChV-1 markali antifrik- sion cho‘yanlar misol bo‘ladi.
Shuni ham qayd etish joizki, cho‘yanlarning asosiy strukturalaridan tashqari tarkibidagi grafitning qanday shaklda bo‘lishiga qarab ular mustahkamligi yuqori va bolg‘alanuvchan* cho‘yanlarga ham ajratiladi. Mustahkam- ligi yuqori cho‘yanlarni kulrang cho‘yanlardan olish uchun suyuq cho‘yanga ozroq Mg yoki boshqa elementlari qo‘shi- ladi.
Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar olish uchun esa oq cho‘yan quymalari maxsus rejimda yumshatiladi.


* Bolg‘alanuvchan degan nom shartli ravishda berilgan bo‘lib, bu cho‘yan kulrang cho‘yanga qaraganda plastikroq bo‘ladi, lekin bolg‘alab ishlanmaydi.
Domna shlaki. Shlakdan shlak paxtasi, g‘isht, sement, shlak bloklari va boshqa materiallar olishda foydalaniladi.
Domna gazi. Domnalardan ajralayotgan gazlarga domna gazi deyiladi. O‘rtacha 1 t cho‘yan olishda 3000 m3 gacha domna gazi ajraladi. Bu gaz tarkibida 26–32% CO, 2–4 H2, 0,2–0,4% CH4, 8–10% CO2 va 56–63% N2 bo‘ladi.
Domna gazining tarkibida ko‘pgina yonuvchi gazlar (CO, N2, CN4) ning borligi sababli tozalangach ulardan havo qizdirgichlarda, bug‘ qozonlarida va boshqa joylarda yoqilg‘i sifatida keng foydalaniladi.
Koloshnik changi. Domna gazlariga qo‘shilib chiqadigan shixta materiallarning changi koloshnik changi deyiladi. Bu chang tarkibida 40–50% gacha temir bo‘ladi. Domna gazlari maxsus gaz tozalash apparatlaridan o‘tkazilib, yig‘ilgan chang aglomerat tayyorlovchi mashinalarda aglomeratga aylantiriladi.
Odatda, turli vaqtda eritilgan har xil tarkibli cho‘yanlar mikser deb ataluvchi maxsus katta hajmli (600–2500 t. li) qurilma idishlarga quyiladi, unda ular o‘zaro aralashib, natijada cho‘yanning kimyoviy tarkibi tekislanadi, metalldagi oltingugurtning bir qismi esa shlakka o‘tadi.
Qayta ishlanadigan cho‘yanlarning bir qismi mashi- nasozlik zavodlariga «chushka» deb ataluvchi quymalar (og‘irligi 45–50 kg) tarzida yuboriladi. Ma’lumki cho‘yanlar xiliga, binobarin, xossasiga asosan tarkibidagi C, Si, Mn va S elementlarning va uni qolipda sovish tezligining ta’siri katta. Ular haqida ma’lumot VI bob, 8-§ da keltirilgan.



  1. Download 3,39 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish