Qizdirish qurilmalari. Metallarni bosim bilan ishlashda ularning deformatsiyalashga qarshiligini kamaytirish maqsadida qizdirish qurilmalaridan foydalaniladi.
Metallurgik va temirchilik korxonalarida zagotovkani zarur temperaturagacha qisqa vaqtda bir tekis qizdirishda foydalaniladigan qizdirish qurilmalari zarur rejimga oson rostlanishi va aniq kuzatilishi, kimyoviy tarkibini o‘zgartmasligi, arzon yoqilg‘ilarda ishlashi kabi talablarga javob bermog‘i lozim. Qizdirish qurilmalari alangali pechlar va elektr qizdirish qurilmalarga ajratiladi.
Alangali pechlar. Bu pechlarga quduq tipidagi, metodik va kamerali pechlar kiradi.
Elektr qizdirish qurilmalari. Bu qurilmalarga qarshilik elektr qizdirgichlar, kontakt elektr qizdirgichlar va induksion elektr qizdirgichlar kiradi.
Shuni qayd etish lozimki, alangali pechlar yuqorida qayd etilgan asosiy talablarga to‘la javob bermasada, universalligi sababli keng tarqalgan. Elektr qizdirgich qurilmalarga kelsak, ular alangali pechlarga qaraganda qizdirish tezligini kattaligi, quyindining ozligi, jarayonning avtomatlashtirishga qulayligi, ish sharoitining yaxshiligi bilan ajratiladi.
bob. METALLARNI PROKATLASH
Metallarni prokatlashning bo‘yiga va ko‘ndalangiga prokatlash usullari mavjud bo‘lib, quyida bu usullarda prokatlash bayon etiladi.
l-§. Bo‘yiga prokatlash
Ma’lumki, bu usulda zagotovka prokat stanining qarama- qarshi tomonga aylanuvchi jo‘vallari orasidan ezib o‘tkazilib ishlanadi. Natijada uning ko‘ndalang kesimi kichrayib, uzunligi ortadi (51-rasm). Hozirda prokatlanadigan metal- larni 90% i bu usulga to‘g‘ri keladi. Agar zagotovka qalinligini No, ekini Vo, uzunligini Lo harflari bilan belgilasak, unda uning hajmi V0=H0 Bo Lo bo‘ladi.
Xuddi shunday prokatlangan zagotovka qalinligini N, ekini V, uzunligini L harflari bilan belgilasak, unda uning hajmi V=H·B·L bo‘ladi. Binobarin, zagotovka plastik deformatsiyalanganda hajmi o‘zgarganligi uchun V0=V yoki H0·B0·L0=H·B·L desak bo‘ladi. Prokatlashda zagotovka o‘lchamlarining nisbatan o‘zgarishiga ко‘га, deformat- siyalanish koeffitsiyentlarini tubandagi nisbatlardan aniqlash mumkin:
Siqilish koeffitsiyenti
H0 ;
H
B ;
Kengayish koeffitsiyenti
Uzayish koeffitsiyenti
B0
L ;
L0
H0 B L ёки
Tenglamadan
H B0 L0
Bunda
L ;
L0
bo‘ladi.
rasm. Bo‘yiga prokatlash sxemasi.
Zagotovka materialiga, temperaturasiga, prokatlash tezligiga va boshqa ko‘rsatgichlarga ko‘ra λ=1,1-2 oralig‘iga belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |