Microsoft Word конструкция doc qisqartirilgan doc


-§. Domna pechining mahsulotlari va ularni pechdan



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/121
Sana30.04.2022
Hajmi2,37 Mb.
#599880
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121
Bog'liq
KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 
9-§. Domna pechining mahsulotlari va ularni pechdan 
chiqarish
Ma’lumki, domna pechining asosiy mahsuloti cho‘-yandir. 
Lekin cho‘yan olishda u bilan birga shlak, domna gazi va 
koloshnik changi ham ajraladi, shu boisdan, ular ham domna 


24 
pechining mahsulotlari hisoblanadi. Cho‘yanlarni kimyoviy 
tarkibi va ishlatilish sohalariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish 
mumkin: 
1. Qayta ishlanadigan cho‘yanlar.
 
Bu cho‘yanlarda 
uglerodning hammasi yoki ko‘proq qismi temir bilan 
kimyoviy birikma temir karbidi (Fe
3
S) holida, qolgani grafit 
tarzida bo‘ladi, shuning uchun ham bu cho‘yanlar juda qattiq 
va mo‘rtdir. Sanoatda bu cho‘yanlardan po‘lat olinganligi 
sababli, ular qayta ishlanadigan cho‘yanlar deyiladi. Bu 
cho‘yanlarning siniq yuzalari oq tusda bo‘lganligidan oq 
cho‘yanlar deb ham ataladi. 
Domna pechlarida ishlab chiqariladigan cho‘yan-laning 
70–80% ini qayta ishlanadigan cho‘yanlar tashkil qiladi. 
2. Quyma cho‘yanlar. 
Bu cho‘yanlarda ugle-rodning 
ko‘p qismi erkin holda, ya’ni grafit tarzida bo‘ladi. Bu 
cho‘yanlarning siniq yuzalari kulrang tusda bo‘lganligi 
uchun kulrang cho‘yanlar deb ham ataladi. Ularning 
oquvchanligi yuqoriligi, qotganda hajmining kam kirishuvi, 
suyuqlanish temperaturasining nisbatan pastligi, oson kesib 
ishlanishi boshqa cho‘yanlarga nisbatan afzalligidir. Shuning 
uchun ham bu cho‘yanlardan turli murakkab shaklli 
quymalar olishda keng foydalaniladi. Ularga 
quymakorlik 
cho‘yanlari
deb ham ataladi. 
Domna pechlarida olinayotgan cho‘yanlarning 10–12% 
ni bu cho‘yanlar tashkil qiladi. Quymakorlik cho‘yanlarining 
GOST 4832–80 ga ko‘ra LK1-LK7 markalari bo‘ladi. Ular 
tarkibidagi oltingugurt miqdoriga ko‘ra besh kategoriyaga, 
fosfor miqdoriga ko‘ra A, B, V, G, va D sinflarga va 
marganes miqdoriga ko‘ra uch guruhga ajratiladi. 
3. Maxsus cho‘yanlar. 
Bu
 
cho‘yanlar tarkibida doimiy 
mavjud elementlardan Si, Mn ning miqdori odatdagi 
cho‘yanlarga qaraganda ko‘p bo‘ladi. Maxsus cho‘yanlar 
uch xilga, ya’ni yaltiroq cho‘yanlarga, ferromarganeslarga 


25 
va ferrosilitsiylarga ajratiladi. Yaltiroq cho‘yanlarning siniq 
yuzalari oynadek yaltirab turganligi uchun ular yaltiroq 
cho‘yanlar deyiladi. Bu cho‘yanlarning tarkibida 10-25% 
Mn va 2% Si bo‘ladi. Ularning 3Chl, 3Ch2, 3Ch3 markalari 
bor. 
Ferromarganeslar tarkibida 70–75% Mn va 2,5% gacha 
Si bo‘ladi. GOST 4756-77 ga ko‘ra SM
n
10, SM
n
14, SM
n
20 
va boshqa markalari mavjud. 
Ferrosilitsiylar tarkibida kremniy 19–92% gacha bo‘lib, 
qolgani Al, Mn, Cr, C, S, P lardan iborat bo‘ladi. GOST 
1415-78 ga ko‘ra uning FS 90, FS 92, FS 75 1 va boshqa 
markalari bor. 
Maxsus cho‘yanlar olinayotgan cho‘yanlarning 1–2% 
nigina tashkil etadi. Maxsus cho‘yanlardan po‘latlar olishda, 
legirlovchilar sifatida foydalaniladi. Cho‘yanlarning yuqo-
rida qayd etilgan xillaridan bo‘lak legirlangan cho‘yanlar 
deb ataladigan maxsus xossali xillari ham bo‘ladi, bu 
cho‘yanlar tarkibidagi doimiy mavjud elementlar (C, Si, Mn, 
P va S) dan tashqari ma’lum miqdorda (Cr, Ni, Cu, W va 
boshqalar) kiritiladi. GOST 1585-79 ga ko‘ra, bu xil 
cho‘yanlarga ChX9N5, AChS-1, AChV-1 markali antifrik-
sion cho‘yanlar misol bo‘ladi. 
Shuni ham qayd etish joizki, cho‘yanlarning asosiy 
strukturalaridan tashqari tarkibidagi grafitning qanday 
shaklda bo‘lishiga qarab ular mustahkamligi yuqori va 
bolg‘alanuvchan
*
cho‘yanlarga ham ajratiladi. Mustahkam-
ligi yuqori cho‘yanlarni kulrang cho‘yanlardan olish uchun 
suyuq cho‘yanga ozroq Mg yoki boshqa elementlari qo‘shi-
ladi. 
Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar olish uchun esa oq cho‘yan 
quymalari maxsus rejimda yumshatiladi. 
*
Bolg‘alanuvchan degan nom shartli ravishda berilgan bo‘lib, bu cho‘yan 
kulrang cho‘yanga qaraganda plastikroq bo‘ladi, lekin bolg‘alab ishlanmaydi. 


26 
Domna shlaki. 
Shlakdan shlak paxtasi, g‘isht, sement, 
shlak bloklari va boshqa materiallar olishda foydalaniladi. 
Domna gazi. 
Domnalardan ajralayotgan gazlarga domna 
gazi deyiladi. O‘rtacha 1 t cho‘yan olishda 3000 m
3
gacha 
domna gazi ajraladi. Bu gaz tarkibida 26–32% CO, 2–4 H
2

0,2–0,4% CH
4
, 8–10% CO
2
va 56–63% N
2
bo‘ladi. 
Domna gazining tarkibida ko‘pgina yonuvchi gazlar (CO, 
N
2
, CN
4
) ning borligi sababli tozalangach ulardan havo 
qizdirgichlarda, bug‘ qozonlarida va boshqa joylarda 
yoqilg‘i sifatida keng foydalaniladi. 
Koloshnik changi. 
Domna gazlariga qo‘shilib chiqadigan 
shixta materiallarning changi 
koloshnik changi 
deyiladi. Bu 
chang tarkibida 40–50% gacha temir bo‘ladi. Domna gazlari 
maxsus gaz tozalash apparatlaridan o‘tkazilib, yig‘ilgan 
chang aglomerat tayyorlovchi mashinalarda aglomeratga 
aylantiriladi. 
Odatda, turli vaqtda eritilgan har xil tarkibli cho‘yanlar 
mikser deb ataluvchi maxsus katta hajmli (600–2500 t. li) 
qurilma idishlarga quyiladi, unda ular o‘zaro aralashib, 
natijada cho‘yanning kimyoviy tarkibi tekislanadi, 
metalldagi oltingugurtning bir qismi esa shlakka o‘tadi. 
Qayta ishlanadigan cho‘yanlarning bir qismi mashi-
nasozlik zavodlariga 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish