Birinchi bosqich.
Bu bosqichda konvertorga hayda-
layotgan havo kislorodi temir sulfidlarini oksidlaydi va hosil
bo‘lgan temir (Il) oksid kvars (qumtuproq) bilan birikib
shlak hosil qiladi:
2FeS+3O
2
= 2FeO + 2SO
2
+ Q
2FeO+2SiO
2
=2FeOSiO
2
+Q.
Jarayonda ajralayotgan shlak yig‘ilishi bilan konvertor
og‘zidan kovshga chiqariladi. Konvertorga esa yangi shteyn
va flyus kiritiladi. Birinchi bosqichda temir sulfidining
oksidlanishi va shlak ajralishi bilan shteyn temirdan deyarli
tozalanadi.
Ikkinchi bosqich.
Bu
bosqichda konvertordagi mis sulfid
haydalayotgan havo kislorodi va Cu
2
O bilan reaksiyaga
kirishib misni qaytaradi:
2Cu
2
S + 30, = 2Cu
2
O + 2SO
2
+ Q
Cu
2
S + 2Cu
2
O = 6Cu + S0
2
- Q.
Bu bosqich 2–3 soat davom etadi. Olingan misda 0,03–
0,8% S, 0,03–0,1% Fe, 0,3–0,5% N
2
, 0,1 % gacha O
2
, juda
oz miqdorda Rv, Ag, Au va boshqa qo‘shimchalar bo‘lgani
uchun bunday mis xomaki mis deyiladi. Konvertordan
ajralayotgan gazlarda 12–17% SO
2
bo‘lgani uchun uni
changdan tozalab, sulfat kislota olishda foydalaniladi.
Xomaki misni rafinirlash.
Agar xomaki misning tarkibida
juda oz miqdorda Au, Ag kabi nodir metallar bo‘lsa,
olinadigan metalldan begona qo‘shimchalar miqdoriga u
qadar katta talablar qo‘yilmasa, alangali pechlarda havo
haydab rafinirlanadi. Bunda pechga kiritilgan xomaki mis
suyultirilgach, unga diametri 20–40 mm li o‘tga chidamli
45
material bilan qoplangan po‘lat traba tushirilib, u orqali
metall sathiga 0,2 MPa (2 atm) bosimda havo haydaladi.
Havo kislorodi ta’sirida 4[Cu]+0
2
=(2Cu
2
0) hosil bo‘ladi
hamda metalldagi qo‘shimchalar Al, Si, Mn, Zn, Sn, Fe, Ni,
Rb, S, Sb, As, Vi lar ham oksidlanadi: [Me] + [Su
2
O] =
[MeO] + 2Cu; bir vaqtda Cu
2
S + 2Cu
2
O = 6Cu + SO
2
reaksiya ham boradi.
Hosil bo‘layotgan oksidlarning bir qismi Sb
2
O
3
, RbO,
ZnO pech gazlari bilan atmosferaga chiqib ketsa, boshqalari
A1
2
O
3
, SiO
2
, Fe
2
O
3
shlakka o‘tadi. Bunda Ag va Au
oksidlanmay, qaytarilgan mis tarkibida bo‘ladi.
Begona jinslarni oksidlanish davri tugagach, metallni
gazlardan tozalash uchun shlak pechdan chiqarilib, metall
vannaga ma’lum miqdorda pista ko‘mir kukuni (metall
oksidlanmasligi uchun) kiritiladi.
Keyin diametri 200–300 mm.li uzun ho‘l qayin yoki
qayrag‘och tayoq tushirilib aralashtiriladi.
(Yog‘och tayoq o‘rniga tabiiy gazdan yoki boshqa
qaytaruvchilardan ham foydalanish mumkin). Ajralayotgan
uglevodorodlar va suv bug‘lari mis oksiddan misni qaytarib,
oltingugurt va boshqa gazlardan tozalanadi:
4Cu
2
O + CH
4
= 8Cu + CO
2
+ 2H
2
O.
Misni elektrolitik rafinirlash.
Bunda juda toza mis olish
bilan birga uning tarkibidagi nodir metallar (Au, Ag va
boshqalar) ham ajratiladi. Bu jarayon ichki devori
qo‘rg‘oshin list yoki viniplast bilan qoplangan yog‘och yoki
beton vannalarda olib boriladi. Elektrolit esa mis kupo-
rosining suvdagi 12–15% li eritmasi (CuSO
4
-5H
2
O) ga 10–
15% li sulfat kislota (H
2
SO
4
) aralashmasi qo‘shib tayyor-
lanadi. Anod sifatida o‘lchami lxl m va qalinligi 50 mm.li
xomaki mis plastinkalardan, katod sifatida esa qalinligi 0,5–
0,7 mm.li elektrolitik toza mis plastinkalardan foyda-
laniladi. Anodlar soni vannaning hajmiga qarab 20 dan 50
46
tagacha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |