Hisob-kitob usullari bo‘yicha kapitallashtirish. Hisob-kitob usul-
lari bo‘yicha kapitallashtirish o‘zgaruvchi daromad oqimlarini, kapital-
lashtirish umumiy stavkalarini qo‘llash bilan tahlil qilishga asoslangan.
Kapitallashtirishning umumiy stavkasi quyidagilarni hisobga olish-
ni ko‘zlaydi: kirim me’yorining bozor qiymati, moliyalash shartlari, da-
romad va obyekt qiymati o‘zgarishi me’yorlari. Kapitallashish stavkasini
asosiy tashkil etuvchilari – bu diskont stavkasi va daromad stavkasi.
G‘arbiy usullar bilan mos ravishda, ko‘chmas mulkni soliqqa tortish
maqsadi uchun baholash holatida, samarali soliq stavkasini inobatga
olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |