Microsoft Word Ko‚chmas mulkka investitsiyalash doc



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/132
Sana07.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#66006
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   132
Bog'liq
595d8421e6513fac327059cdaa8b0878

To‘lash muddatlari  
• Onkol ssudalari – kreditordan rasmiy xabar tushgandan so‘ng 
o‘rnatilgan muddatda qaytarilishi lozim bo‘lgan ssudalar. Hozirgi vaqtda 
nafaqat Rossiyada, balki boshqa davlatlarda ham deyarli yuritilmayapti, 
chunki ssuda kapitali bozorida va butun iqtisodiyotda nisbatan barqaror 
sharoitlarni talab etadi. 
• Qisqa muddatli ssudalar – qarz oluvchining o‘z aylanma vosita-
larining vaqtinchalik kamchiliklarini to‘ldirish uchun taqdim etiladi. Bu 
kabi amaliyotlar yig‘indisi ssuda kapitallari bozori – pul bozorida avto-
nom segmentni shakllantiradi. Bu turdagi kreditni yopishning o‘rtacha 
muddati, odatda, olti oydan oshmaydi. Fond bozorida, savdo va xizmat-
lar sohasida, banklararo kreditlash rejimida qisqa muddatli ssudalar 
yanada faol qo‘llanilmoqda. 
Hozirda mamlakat sharoitida ssuda kapitallari bozorida yakka hol-
da hal qiluvchi xarakterni egallagan qisqa muddatli kreditlar, quyidagi 
ajratib turuvchi belgilar bilan ifodalanadi: 
a) qisqa muddatli, odatda bir oydan oshmaydigan;  
b) foiz stavkali. Ssudani proporsional muddatda qaytarishlik; 
c) asosiy aylanish sohasiga xizmat ko‘rsatish, chunki ishlab chiqa-
rish tuzulmalari uchun narxlar balandligidan. 


 
32
• O‘rtacha muddatli ssudalar, bir yilgacha taqdim etiladi (mamla-
kat sharoitida – uch – olti oygacha) ishlab chiqarish maqsadlariga ham, 
sof tijorat xususiyatidagi maqsadlarga ham. Eng ko‘p tarqalgani esa agrar 
sektor egallaydi, shuningdek innovasion jarayonlar zaruriy investitsiya-
larning o‘rtacha hajmlari bilan kreditlashga to‘g‘ri kelmoqda.  
• Uzoq muddatli ssudalar, ular odatda, investitsion maqsadlarda 
foydalaniladi. Xuddi o‘rta muddatli ssudalar kabi, asosiy vositalar hara-
katiga xizmat qilishadi, beriladigan kredit manbalarining katta hajmi 
bilan farq qiladi. Faoliyatning barcha turidagi shirkatlarda rekonstruk-
siya, texnik qurollantirish, yangi qurilishlarni kreditlashda qo‘llanadi. 
Asosiy rivoj kapital qurilishda, issiqlik – energetik kompleksda, iqtiso-
diyotning xomashyo tarmoqlarida ko‘rinadi. Ularni to‘lashning o‘rtacha 
muddati, odatda, uch yildan besh yilgacha, ammo 25 va undan ko‘p yil-
gacha borishi mumkin, ayniqsa davlat tomonidan zaruriy moliyaviy 
kafolatni olgandan so‘ng. 
Ko‘chmas mulk sohasida investitsion faoliyat subyektlari inves-
titsion loyihalarni amalga oshiruvchi barcha qatnashchilar: investorlar, 
quruvchilar, ishlarni bajaruvchilar, ko‘chmas mulk obyektidan foydala-
nuvchilar, yetkazib beruvchilar, bank, sug‘urta va vositachi tashkilotlar, 
fondlar va boshqalar. 
Investorlar – o‘z qarz va jalb etilgan vositalarini ko‘chmas mulk 
obyektiga investitsiya shaklida jalb etgan va ularni to‘la ishlashini 
ta’minlovchi jismoniy va yuridik shaxslar. 
Investor sifatida quyidagilar bo‘lishi mumkin:  
•  hokimiyat va boshqaruvning markaziy va mahalliy organlari; 
•  kredit – moliya muassasalari
•  investorlar: 
Hokimiyat va boshqaruvning markaziy va mahalliy organlari 
ko‘chmas mulkni moliyalash jarayoni qatnashchilari o‘rtasida iqtisodiy-
huquqiy munosabatni ta’minlab beradi. Davlat ko‘chmas mulk bozorini 
ishlash bilan bog‘liq norma va qoidalarga amal qilishni ta’minlaydi; 
hududiy ajratish masalalarini nazorat qiladi, shaharsozlikni rivojlantirish 
va ko‘chmas mulk obyektlariga egalik huquqlarini ro‘yxatga oladi; 
ko‘chmas mulkka investitsiyalash uchun imtiyozlar o‘rnatadi yoki 
cheklovlar beradi (qonuniy cheklovlar, soliqqa tortish xususiyatlari). 
Shu bilan birga, davlat ko‘pgina ko‘chmas mulk obyektlarini egasi bo‘-
lib maydonga chiqadi. 


 
33
Kredit-moliyaviy muassasalar yetarli vositalarga ega bo‘lmagan 
investorlarga kapital taqdim etadi. 
Investorlar sifatida ko‘chmas mulkni sotib oluvchi va uni funk-
sional ahvolini ta’minlovchi jismoniy va yuridik shaxslar (rezident va 
norezidentlar) turadi.  
Investorlarni ikki turga bo‘lish mumkin: 
1)  faol-obyekt qurilishi, rivojlantirishi yoki boshqaruvini moliya-
laydi va shug‘ullanadi; 
2)  passiv-faqatgina loyihani moliyalaydi, unda ortiqcha ishtirok 
etmaydi. 
Ko‘chmas mulk sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish 
uchun quyidagilar zarur: texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish; muhan-
dislik qidiruvlarni o‘tkazish; binolar va inshootlarning qurilishi; ta’mir-
lashga loyiha hujjatlari ishlab chiqish; rekonstruksiya bo‘yicha ishlarni 
olib borilishi; qurilish-montaj, sozlash va boshqa ishlarni amalga oshirish 
uchun pudratchi qurilish-montaj tashkilotlari bilan kelishuvlar imzolash. 
Investorlarning o‘zlari buyurtmachi funksiyasini – mos xizmatlar or-
qali yoki o‘rtadagi tomonlar – investitsiyani tasarruf etishda kerakli huquq-
larga ega yuridik va jismoniy shaxslar orqali amalga oshirishlari mumkin. 
Ko‘chmas mulk sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish-
da ishlarni bajarayotganlar tadqiqot, loyiha-qurilish, sozlash va muhan-
dislik va muhandislik-geologlik tadqiqotlar, binolarni va inshootlarni 
loyihalash, ularni yangilash, ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirish 
ishlarini bajaruvchi boshqa tashkilotlar. 
Ijrochilar xususiy ishlab chiqarish quvvatlariga ega emas, ammo 
mutaxassis-menejerlarga ega va investitsion loyihalarni amalga oshirish 
bo‘yicha bosh pudratchi sifatida chiqadigan muhandislik firmalari bor. 
Ular ishni bajarishga qurilish, montaj va boshqa tashkilotlarni subpudrat 
shartlarida jalb qilishadi. Mutaxassis-menejerlar investitsion loyiha 
doirasida barcha ishlarni bajarish bo‘yicha tashkiliy rejani amalga oshi-
radi va shakllantiradi, barcha jalb qilinayotgan tashkilotlarning ishlarini 
bog‘lashni ta’minlaydi. 
Ko‘chmas mulk sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish 
katta hajmdagi qurilish mollari, konstruksiyalar, texnologik uskunalari, 
shuningdek, elektrroschyolar, kabel mahsulotlari, quvur, metall prokat 
va boshqalarni ishlatish bilan bog‘liq. 


 
34
Shuning uchun investitsion loyihaning muhim qatnashchilari va 
ko‘rsatilgan mahsulotlarni yetkazib beruvchilar hamda ularning dilerlari 
hisoblanishadi.  
Ko‘chmas mulk sohasida investitsion faoliyatlar subyektlarning 
katta guruhini institutsional investorlar tashkil etadi, ularga: sug‘urta va 
investitsion shirkatlar, turar-joy kooperativlari, investitsion fondlar, indi-
vidual turar-joy qurilish fondlari va boshqalar kiradi. Ko‘rsatilgan tash-
kilotlar vazifasi – aholi, xo‘jalik subyektlarining erkin vositalarini jalb 
etish va ularni investitsiyalash maqsadi tomon yo‘naltirish. 
Ipoteka krediti – bu muayyan ko‘chmas mulk bilan ta’minlangan 
kreditdir. Ipotekaviy kreditlash – bu kreditni garovga ko‘chmas mulkni 
qo‘yish bilan olinadigan kreditdir. Mavjud ipotekaviy kreditlash tizi-
mini, ipotekaviy kapitalning birlamchi va ikkilamchi bozorlarini rivoj-
lantirish bazasida yaratish mumkin. 
Ipotekaviy kapitalning birlamchi bozori kreditorlardan iborat, bu 
kreditorlar qarz kapitali va qarz – investorlarni taqdim etishadi, ular esa 
ko‘chmas mulkni investitsiyalash yoki tijorat faoliyatida foydalanish 
uchun sotib olishadi. 
Ikkilamchi bozor – birlamchi bozorda chiqarilgan garovlarning xa-
rid-sotuvi jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Ipotekaviy kapital ikkilamchi 
bozorining asosiy vazifasi – birlamchi kreditorlarni birlamchi garovlarni 
sotish, olingan vositalarni esa mahalliy bozorda boshqa kreditni taqdim 
etish imkoniyatini ta’minlash. 
Ipotekaviy kreditlashning afzalligi shundaki, qarz oluvchi kreditni 
qaytarmasa, kreditor ko‘chmas mulkni o‘zicha tasarruf etish huquqiga 
ega. Ko‘chmas mulk uzoq muddatli va uning narxi yetarlicha barqaror 
ekanligidan, kreditorda ssudalarni qaytarmaslik xavfi past va uzoq 
muddatga moliyaviy manbalar olishga asos mavjudligidir. 
Ipotekaviy kreditni olish kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyat-
larni bajarish zaruriyati bilan bog‘liq. Shuning uchun bunday kredit olish 
potensial qarz oluvchini quyidagilarni tahlil qilishga majbur etadi: 
– kvartiralarni olish-sotish bo‘yicha bitimlarni bajarish (shart-
nomaning notarial tasdiqlanishi, davlat reestrida shartnomani ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun to‘lov), sug‘urta shartnomasini tuzish bilan bog‘liq 
xarajatlarni qoplashga va kvartira uchun birlamchi badal to‘lash uchun 
pul vositalari yetarliligi; 


 
35
– kredit shartnomalari bo‘yicha muddatli to‘lovlarni amalga oshir-
gandan so‘ng, zaruriy yashash darajasini ta’minlash uchun vositalar 
qoladimi; 
– kreditlash muddati davomida daromadlar tushishi kutilmaydimi, 
mavjud ishdan ketganda, avvalgisidan past bo‘lmagan to‘lovli boshqa 
ish topishning istiqboli bormi; 
– so‘nggi 2 yil ichida uzluksiz mehnat staji mavjudmi va ishda 
uzulish va haydalish sabablari qanday, va turar-joy bilan bog‘liq mavjud 
majburiyatlarni bajarish o‘z vaqtidami: kommunal xizmatlar, telefon, 
elektr energiya (bank tomonidan tekshiriladi) kabilar; 
Ko‘chmas mulk va ko‘chuvchi mulk ko‘rinishida, qo‘shimcha ta’-
minot sifatida foydalansa bo‘ladigan aktivlar mavjudmi (avtomobil, 
garaj, dala-hovli, boshqa kvartira). 
Ipotekaviy kreditlashning asosiy muammosi – uzoq muddatli mo-
liyaviy manbalarni yetishmasligi. Uzoq muddatli vositalar manbalaridan 
biri xususiy omonatchilar omonati hisoblanadi. Lekin hozirgi vaqtda 
aholida bank va ayniqsa tijorat banklariga ishonch yo‘qolgan. 1998 yilda 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz aholining real daromadining sezilarli pasa-
yishi, jamg‘armalarni qadrsizlanishi, «jamg‘armabank»dan xususiy kirit-
malarni chiqib ketishiga olib keldi. Potensial qarz oluvchining to‘lovga 
qobiliyatligini baholash yana bir muammo hisoblanadi. Soliq yukini 
ko‘pligidan iqtisodiyotda qora sektor ulushi kattadir, shuning uchun 
potensial qarz oluvchilarning rasmiy daromadi yuqori emas, kredit 
bo‘yicha tijorat banklar tomonidan qarorlar qabul qilish qiyinlashadi. 
Aholini ipotekaviy kreditlashda ko‘zlangan davlat soliq siyosati yo‘q 
joydan real daromadlar chiqarish imkonini beradi.  
 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish