Microsoft Word Ko‚chmas mulkka investitsiyalash doc


KB bo‘yicha adabiyotlar manbasi sharxi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/132
Sana07.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#66006
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132
Bog'liq
595d8421e6513fac327059cdaa8b0878

KB bo‘yicha adabiyotlar manbasi sharxi. Investitsion jarayonlar 
bozor iqtisodiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Jahon rivojlanishi tajri-
basi shuni ko‘rsatadiki, aynan o‘zini o‘zi moliyalash, chiqimini qoplash 
va rentabellik tamoyillarida amalga oshirilayotgan investitsion faoliyat 
samarasi eng muhim iqtisodiy o‘sish omillaridan biridir. Rossiyadagi 
shakllangan, mulkni ko‘p turdagi shaklga va iqtisodiy jarayonlarning 
o‘zini-o‘zi nazorat qiluvchi bozor mexanizmlarini o‘zlashtirishga asos-
langan xo‘jalik tizimi investitsion faoliyatni sezilarli darajada kuchayti-
rishga sharoit yaratadi, bu esa ko‘chmas mulkning bozor aylanmasiga 
xo‘jalik bozor tizimlarining barcha qatnashchilari huquqiy va iqtisodiy 
munosabatlari fundamental asoslarida jalb etish bilan bog‘liqdir. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ko‘chmas mulk, bozor munosabatlari qatnashchi-
larini ulkan moliyaviy resurslarlar bilan bog‘lovchi, yuqori sifatli tovar 
bo‘lib qoladi. Bu bilan ko‘chmas mulkka investitsiyalash tizimini rivoj-
lantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xuddi shuning uchun 
ko‘chmas mulk obyektlari qurilishi (rekonstruksiyasi)ni moliyalash va 
butun ko‘chmas mulk bozorini faollashtirish to‘laligicha erkin pul 
vositalarini jalb etilishi hisobiga sodir bo‘lar va buning bilan investorlar 
manfaatini ham ta’minlardi. Undan tashqari, ko‘chmas mulkka inves-
titsiyalash nazariya va amaliyoti, ko‘chmas mulk bozori va kapital bozo-
rini yaratilishi va rivojlanishi bilan paydo bo‘lgan yangi sohadir. Shu-


 
16
ning uchun, ko‘chmas mulkka investitsiyalash, bir tomondan, xo‘jalik 
faoliyati qatnashchilari uchun ulkan qiziqish uyg‘otadi, boshqa tomon-
dan esa – sezilarli muammolar manbasi hisoblanadi. Bu muammolar 
ko‘chmas mulkka investitsiyalashda, investitsion va moliyaviy qarorlar 
qabul qilish va asoslashda zarur nazariy va amaliy bilimlarni yo‘qligidan 
kelib chiqadi. Ko‘chmas mulkka investitsiyalashda investitsion va 
moliyaviy qarorlarni asoslash usullarini qo‘llash va shakllantirishda 
rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish zaruriyati ochiq ko‘rinib 
turibdi. O‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi yillarda rivojlangan 
mamlakatlarda ko‘chmas mulk sohasiga investitsiyalarga juda katta 
e’tibor qaratilgan. Xorij mualliflari (J.Boykin va R.Xaney, B. 
Bruggeman va J.Fisher, D.Jaffe, A.Douns, T.Klareti, N.Videmera, 
F.Fabossi, D.Epli va J.Millar va boshqalar) ishlarida ko‘chmas mulkka 
investitsiyalash prosedurasiga ta’rif berilgan, investitsion jarayon qismi 
sifatida ipoteka banki tashkiloti tuzilmasi ko‘rib chiqildi, turar-joyni 
davlat kreditlashi tizimi va ko‘chmas mulk bozorini moliyalashda davlat 
qatnashuvi yoritildi. Ko‘chmas mulkka investitsiyalashning alohida 
jihatlari allaqachon bir qancha rossiyalik iqtisodchilar ishlarida ko‘rib 
chiqilgan. Bu iqtisodchilarga Valdaysev SV., Grigor’yev B.JzT., Esipov 
V.V., Maksimov S.N., Ozerov E.S., Prorvich V.A., Rutgayzer V.M., 
Tarasevich E.I., Fedotova M.A. va boshqalarni kiritish mumkin. Shu-
ning bilan birga keltirilgan va boshqa mualliflar ishlarida asosiy e’tibor 
investitsiyalash jarayonining va ko‘chmas mulk obyektini investitsiya 
obyekti sifatida baholashning umumusuliy muammolariga yoki ko‘ch-
mas mulkni moliyalashning alohida tomonlari va xorij mamlakatlarida 
turar-joyni kreditlash tashkilotini shakllariga qaratilgan. Rossiyada 
ko‘chmas mulk sohasiga investitsiyalash jarayoni bilan bog‘liq ba’zi 
masalalar Beliy.L.P., Maksimov S.N., Tarasevich E.I. va boshqalarning 
asar va tadqiqotlarida o‘z aksini topdi. Shu bilan birga, Rossiya sharoitida 
ko‘chmas mulkka investitsiyalashning zamonaviy muammolari bog‘liq 
masalalar kam o‘rganilgan bo‘lib, bu albatta, keyinchalik ishlab chiqilish 
va aniqlashtirishlarni talab etadi. Tadqiqot ortida Rossiyada ko‘chmas 
mulk sohasida investitsion jarayonlarni rivojlanishi muddatlari, turli 
belgilar bo‘yicha ko‘chmas mulkka investitsiyalarning sinflashishi, 
umumiy holda ma’lum mezonlarning investitsion va moliyaviy 
qarorlarni ko‘chmas mulkka investitsiyalashda asoslash uchun qo‘llana 
olishlik kabi masalalar qolmoqda.  


 
17

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish