Microsoft Word Ko‚chmas mulkka investitsiyalash doc


Xorijiy ko‘chmas mulkka investitsiyalash



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/132
Sana07.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#66006
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132
Bog'liq
595d8421e6513fac327059cdaa8b0878

1.9. Xorijiy ko‘chmas mulkka investitsiyalash 
 
Xorijiy ko‘chmas mulkka investitsiyalash. Xorijiy ko‘chmas mulk 
bozori ulkan: millionlab turar-joy va tijorat obyektlari butun dunyo 
bo‘ylab o‘z egalarini kutmoqda. Xorij ko‘chmas mulkiga investitsiya-


 
63
lash tajribasi ushbu aktivlarga vositalarni kiritishning ishonchli uskuna-
larini ishlab chiqqan. 
Pulni topishgina emas, balki uni saqlash va ko‘paytirish ham qiyin. 
Aynan xorijiy ko‘chmas mulkka kapital kiritish investorga nafaqat o‘z 
vositalarini himoya qilishga, balki yaxshigina ishlab olish imkonini ham 
yaratadi. 
Xorijiy ko‘chmas mulkka investitsiyalashning yanada keng 
tarqalgan shakli to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalashdir. Bunday inves-
titsiyalashning mohiyati, ko‘chmas mulkni uni ijaraga berish orqali da-
romad topish maqsadida o‘z mulki uchun sotib olish. Ushbu daromadga 
erishish uchun, yangi mulk egasi ijarachini topishi, o‘z mulki holatini 
vaqti-vaqti bilan nazorat etib turishi va soliq to‘lashi lozim. Agar gap so-
tib olingan tijorat obyekti haqida ketayotgan bo‘lsa, unda xavfsizlik 
talablariga mos ravishda jihozlamoq, masalan, turli signalizasiya va yon-
g‘in xavfsizligi tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha qayg‘urmoq lozim bo‘ladi. 
Bir so‘z bilan aytganda, qo‘shimcha xarajatlarga tayyor turish lozim. 
Agar investor ulushli qo‘yilmalardan foydalanishga qaror qilgan 
bo‘lsa, bu holatda investitsiyalash xorijdagi ko‘chmas mulk obyektiga 
emas, balki maxsus trast fondlariga bo‘ladi. Bu fond mablag‘ qo‘yuvchi-
larning vositalarini to‘playdi, ko‘chmas mulkni sotib oladi, uni ijaraga 
beradi va erishilgan foydani paychilar o‘rtasida taqsimlaydi. Bu tarzda, 
jamg‘arma egasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalashda uchrashi mumkin 
bo‘lgan, ko‘pgina qiyinchiliklardan qutilib qoladi.  
So‘nggi davrda ko‘chmas mulk uchun narxlar ko‘pgina davlatlarda 
inqiroz tufayli sezilarli darajada pastladi. Biroq aynan mana shu holat, 
bu kabi aktivlarga investitsiyalashni jozibaliroq qilib qo‘ymoqda, chunki 
inqiroz boshlanishi va tugashi mumkin, lekin ko‘chmas mulk turaveradi. 
Fransiyada ko‘chmas mulkni sotib olishning yuridik rasmiylashti-
ruv ikkinchi bosqichi notarius huzurida xaridor va sotuvchini tugallovchi 
xarid-sotuvi kelishuvni (Acte de Vente) imzolashdir. Mulk yangi sohibga 
o‘tadi, sohib esa bu paytgacha ko‘chmas mulk narxining qolgan qismini 
notariusga to‘lashi lozim. So‘ngra notarius bu summani sotuvchiga 
o‘tkazadi, ammo notariusni tasarrufiga u shartnomani imzolashdan oldin 
o‘tishi shartdir. Acte de Venteni xaridor va sotuvchi tomonidan imzolan-
gandan so‘ng, notarius sotish aktini tuzadi, sotuvchi esa kalitni xaridorga 
topshiradi. 
Bu etapni o‘zida notarius huzurida, keyinchalik muammolarni ol-
dini olish uchun, xarid qilingan ko‘chmas mulkni me’ros qilish to‘g‘risi-


 
64
dagi masala ham yechilishi maslahat beriladi. Buning uchun tug‘ilganli-
gi haqida guvohnoma va turmushga chiqqanlik to‘g‘risida guvohnomani 
fransuzchaga tarjima qilingan nusxasi zarur bo‘ladi. Me’ros to‘g‘risida 
fransuz qonunlari ba’zi ikir-chikirlarini tushunish imkonini beradi
chunki ba’zi sabablarga ko‘ra, hujjatlar taqdim etilganda, har doim ham 
ushbu me’ros to‘g‘ri kelgan odamga berilavermaydi. Bu kabi masala-
larni yechishni individual yo‘llari mavjuddir, va agar mulkni keyinchalik 
me’ros qoldirish istagi bo‘lsa, bitimni tuzishdan oldin zaruriy choralar 
ko‘rilishi kerak. Qanday hujjatlar kerakligini notarius bildiradi, va ushbu 
masalani bitimni oxirgi bosqichida inobatga oladi. 
Sotuv aktini tasdiqlashdan so‘ng, notarius bir necha kun ichida 
ko‘chmas mulkni yangi sohibini maxsus ro‘yxatga olish byurosida ro‘y-
xatdan o‘tkazadi. Yangi sohib majburiy tartibda o‘z ko‘chmas mulkini 
sug‘urtalashi lozim. Shartnomani imzolash paytidan boshlab, xaridor mulk 
tashkil etuvchi barcha inshootlarni sug‘urta qilish uchun javobgardir. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish