9.3.Tadbirkor rahbar faoliyatining ro’hiy-psixologik xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadbirkorlik va
ishbilarmonlik, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi.
Boshqarish uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish
uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga ko’ra tarbiyaviy, moddiy
rag’batlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bo’linadi.
Tarbiyaviy uslub, insonning ma’naviy takomillashishi, ruhiyatiga va
boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi.
Moddiy rag’batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini oshirish,
mahsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy qiziqtirish maqsadida
tashkil etiladi.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |