2-ilova (10.1)
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportning hozirgi holati va eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishi
Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikasiya qilish, ularni im-port qi- luvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlar-dan biri yoki bir guruhining iqtisodiyotida muammolar ro’y berganda ham eksport hajmin-
ing keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik imkonini beradi.
O’zbekiston eksportining tovar tarkibi
Ko’rsatkichlar
|
2000 yil
|
2005 yil
|
2008 yil
|
2009 yil
|
Eksport jami (mln. AQSh
doll.)
|
3267,6
|
4853,0
|
11493,3
|
11771,3
|
Eksport jami, foizda
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Shu jumladan (jamiga nis-
batan foizda):
|
|
|
|
|
Paxta tolasi
|
27,5
|
19,1
|
9,3
|
8,6
|
Kimyo mahsulotlari, plast-
massa va plastmassa mahsu- lotlari
|
2,9
|
5,3
|
5,6
|
5,0
|
Qora va rangli metallar
|
6,6
|
9,2
|
7,0
|
5,0
|
Mashina va uskunalar
|
3,4
|
8,4
|
7,6
|
2,9
|
Oziq-ovqat mahsulotlari
|
5,4
|
3,8
|
4,5
|
6,0
|
Energiya resurslari
|
10,3
|
11,1
|
24,7
|
34,2
|
Xizmatlar
|
13,7
|
12,2
|
10,4
|
8,8
|
Boshqalar
|
30,2
|
30,5
|
30,9
|
29,5
|
O’zbekiston importining tovar tarkibi
Ko’rsatkichlar
|
2000 yil
|
2005 yil
|
2008 yil
|
2009 yil
|
Import jami (mln. AQSh
doll.)
|
2944.5
|
4091,3
|
9704,0
|
9438,3
|
Import jami, foizda
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Shu jumladan (jamiga nis-
batan foizda):
|
|
|
|
|
Kimyo mahsulotlari, plast- massa va plastmassa mahsu-
lotlari
|
13,6
|
13,6
|
11,6
|
11,1
|
Qora va rangli metallar
|
8,6
|
10,3
|
7,7
|
6,3
|
Mashina va uskunalar
|
35,4
|
43,3
|
52,4
|
56,5
|
Oziq-ovqat mahsulotlari
|
12,3
|
7,0
|
8,3
|
9,0
|
Energiya resurslari
|
3,8
|
2,5
|
4,6
|
5,3
|
Xizmatlar
|
8,5
|
10,4
|
4,4
|
4,4
|
Boshqalar
|
17,8
|
12,9
|
11,0
|
9,2
|
89
3-ilova (10.2)
Eksportning tovar va geografik tarkibini takomillashtirish.
Eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishi.
Keyingi yillarda Jahon bozorlariga chiqish imkoniyatini yanada kengaytirish uchun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli iqtisodiy islohotlar natijasida nafaqat import o’rnini bosuvchi, balki ek- sportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ham tobora ortmoqda. Bu, ta- biiyki, uni xorijga chiqarish tizimini takomillashtirishni talab etadi. Prezidentimizning 2013 yil 8 avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori aynan shu maqsadga yo’naltirilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur hujjat asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tashkil
etilgani bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov bu yo’nalishga alohida e’tiborni qaratgani bejiz emas. Qo’shma korxonalarni tashkil etish to’g’risida Farmon va Qonunlarda belgilab qo’yilgan. Ularda belgilanganidek, tuzilgan Qo’shma Korxonalar, 5 yilga foyda solig’idan ozod qilinadi. Agar chiqarila- yotgan mahsulot va tovarlar strategik ahamiyatga ega bo’lsa, Vazirlik ruxsati bilan yana 2 yilga foyda solig’idan ozod qilinadi. Strategik ahamiyatga molik qo’shma korxonalar esa 7 yilga soliqdan ozod qilinishi qonun yo’li bilan himoyalangan.
Agar respublikamizda 2014 yil oxiri ma’lumotiga ko’ra 4500 ta Qo’shma korxona faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, shundan Samarqand vi- loyatida 127 tadir.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyati uchun katta erkinliklar berish va ularni tashkil etishning mavjud tartibotini soddalashtirishga qaratil- gan. Qonun loyihasida tadbirkorlik subyektining haqligi prezumpsiyasi to’g’risida alohida norma kiritilgan bo’lib, unga ko’ra tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqli- klar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin qilinadi, bu esa ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini yanada ko’proq va ishonchliroq himoya qilish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, yurtimizda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi ek- sport salohiyatini oshirish, jumladan, mahalliy tadbirkorlarning xorij bozor- lariga dadil kirib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zarur hol- larda ko’mak berilmoqda. Xususan, Jamg’armaning Jizzax filiali faoliyati misolida olsak, 2013 yilning yanvar-fevral oylarida 30 ga yaqin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ko’rsatilgan huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar tufayli ular 3,6 million AQSh dollarilik mahsulotlarini chet ellik buyurtmachilarga sotishga muvaffaq bo’ldilar. Yaqinda esa “Kapyers-Agro-Syervis”, “Tabiiy Qazilma”, “Didosa paint“ va “Maxsus Ta`minot Konserva” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari rahbarlari ham filial- ga murojaat qilib, o’zaro bitimni imzolagan holda, korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish uchun tijorat tak- liflarini berishdi.
Muxtasar aytganda, bizni mamlakatda avvalo, ishlab chiqaruvchilar yordamida ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan boyitish, ortganini esa ek- sportga chiqarish borasida rejali asosda faoliyat yuritilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad esa aniq: iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirish orqali O’zbekistonni dunyo ahliga etakchi eksportchi davlat sifatida tanitishdan ibo- rat. Eksport taraqqiyotimiz ko’zgusidir. Tashqi savdo aylanmasi, xususan, eksportning geografik tarkibida MDH mamlakatlarining ulushi 2009 yil ya- kunlariga ko’ra, 33,9 foizni tashkil yetdi. 2009 yilda mamlaktimiz korxonala- ri eksportining 21,0 foizi Rossiya Federasiyasi, 7,2 foizi Ukraina, 6,2 foizi Qozog’iston hissasiga to’g’ri keldi. Uzoq xorij davlatlariga qilingan eksport- ning jami eksportdagi ulushi 2008 yilda 65,8 foiz, 2009 yilda yesa 66,7 foizni tashkil yetdi. Bu mamlakatlar bo’yicha mamlakatimiz eksportining difersifi- kasiyalashuv darajasi nisbatan chuqurroq bo’lib, 2009 yil ma’lumotlariga ko’ra faqat Xitoy (9,7%), Shvesariya (7,9%), Afg’oniston (3,3%), Turkiya
(3,2%), Yeron (2,7%), Germaniya (2,2%), AQSh (1,7%) ning mamlakatimiz eksportidagi ulushi 1 foizdan yuqoridir.
10.2.1-rasm.
Respublikamiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish bir qator vazifalarning amalga oshirilishini taqozo etadi.
10.2.2-rasm. Tashqi savdo aylanmasining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan mahsulotlarga talabni o’rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini
kengaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi:
eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xa- rajatlarini kamaytirishda ko’maklashish;
ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar, raqobatchilar to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;
transport-kommunikasiya tizimlarini rivojlantirish;
yangi transport yo’laklarini ochish orqali transport xarajatlarini ka- maytirish va h.k.
Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko’zda tutilayotgan 2010-2012 yilga mo’ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish bo’yicha maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qi- linadigan yuklarni tashish tizimini takomillashtirish, eksportchi korxonalarni marketing, moliya va tashkiliy-huquqiy qo’llab-quvvatlash masalalari o’z aksini topadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikasiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o’zgarishlariga yerishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush fa- rovonligini yanada ko’tarish maqsadlariga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |