O’zbekistonda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanti- rishning Davlat dasturi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni milliy iqtisodiyotning turli sektorlarida rivojlanishi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning xori-jiy mamlakatlar tajribasi.
Asosiy o’quv materiallari qisqacha bayoni
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlan- tirishning Davlatdasturi.
O’zbekiston Respublikasida kichik biznesning rivojlanishdagi mavjud muammolarning yechimini topish va 2007-2015 yillarda istiqbollashtirila- yotgan parametrlarni ta’minlash, ushbu sohada tadbirkorlik faolligini oshirishning yo’nalishlarini aniqlash va ular chora- tadbirlarni belgilashni talab etadi.
O’zbekiston Respublikasida kichik biznes faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
kichik biznesning huquqiy-me’yoriy va tashkiliy asoslarini iqti- sodiyotda turli omillar ta’sirida ro’y berayotgan o’zgarishlarga mos ravishda uzluksiz takomillashtirib borish;
davlat tomonidan kichik biznes va huquqiy tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash mexanizmlarini samaradorligini oshirish, bu borada xorijiy mam-
lakatlar tajribasidagi yangi mexanizmlarni mavjud sharoitlarga moslashtirgan holda amaliyotga qo’llash;
kichik biznesning innovasiya negizida rivojlanishini ta’minlash bo- rasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish;
kichik biznesni moliyaviy jihatdan ta’minlash mavjud mexanizmlar samaradorligini oshirish va moliyalashtirishtirishning yangi manbalarini harakatga keltirish negizida qulay investisiya muhitini yaratish;
kichik biznesda ishlab chiqarishni tashkil etishning moddiy ta’minotini takomillashtirish;
kichik biznesni tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini takomil- lashtirish;
kichik biznes sohasi uchun malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyor- lash;
kichik biznesda kooperasiyani chuqurlashtirish.
Mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes subyektlarining ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish maqsadida dasturda quyidagi yo’nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi:
tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va faoliyat yuritishning huquqiy me’yoriy bazasini takomillashtirish. Bunda mansabdor shaxslar tomonidan buyruqbozlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish borasida ularning mas’ulligini oshirishga muhim e’tibor qaratiladi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomoni- dan tartibga solish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlik tuzilmalari faoli- yatiga davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining noqonuniy va asossiz aralashuvi holatlarini bartaraf etish;
yirik korxonalarni tarkibiy o’zgartirish natijasida bo’shab qolgan no- turarjoy binolar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini kichik korxonalarga berish;
yirik sanoat korxonalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun importga mo’ljallangan yehtiyot qismlar, detallar va kerakli uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturni amalga oshirish;
kichik biznes uchun mutaxassislar tayyorlash tizimini takomil- lashtirish va sifatini oshirish.
Kichik biznes tadbirkorlik faoliyatini oshirishda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash samarasini oshirish maqsadida dasturda quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
davlat organlari, tadbirkorlarning jamoat tashkilotlari va tijorat tuzilmalari bilan hamkorligini ta’minlovchi mexanizmni takomillashtirish;
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan investis- ion loyihalarni amalga oshirish, eksport hajmini oshirish, mahalliy xomashyo
resurslaridan foydalanishni yaxshilash, qo’shimcha ishchi o’rinlarni tashkil etishga ko’maklashish;
doimiy faoliyat ko’rsatadigan ko’rgazma va texnologik uskunalar, mini texnologiyalar yarmarkalarini tashkil etish;
kichik biznes subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish im- koniyatlarini yaratish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Kichik biznesni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash maqsadida Dasturda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
moliyalashtirish va sug’urta loyihalarini amalga kiritishni kengaytirish, kafolat berish va mexanizmini takomillashtirish;
kichik biznes subyektlariga lizing asosida uskunalar sotib olishni mablag’lar bilan ta’minlash;
tijorat banklari tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish va aylanma mablag’larni to’ldirish, xizmatlar ko’rsatish hajmini oshirishga qaratil- gan kreditlar berish mexanizmlarini takomillashtirish;
mahalliy xomashyodan chet el kredit liniyalari, shuningdek milliy val- yutadagi mablag’larni jalb yetgan holda tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan miniuskunalar yaratish amaliyoti davom ettiriladi.
Kichik biznes subyektlarining moddiy-texnik ta’minoti kelgusidagi 2008-2015 yillarda amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
birja, auksion va yarmarkalar savdo doirasini kengaytirish;
zamonaviy texnika va texnologiyalar lizingini kengaytirish.