Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Muxandis xodimining ijtimoiy ongi va uning asosiy funktsiyalarini izohlang.
Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat qanday o’rin tutadi?
Kasbiy buzilishning sabablari va ularni hal etish yo’llari qanday?
Kasbiy buzilishning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
KASB TANLASHGA YO’LLASHNING PSIXOLOGIK MOHIYATI Reja
Kasb tanlashga yo’llashning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari.
Ilg’or xorijiy mamlakatlarda kasb tanlashga yo’llash tajribasi.
Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri.
Kasb va qiziqish.
Kasb tanlashga yo’llashning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari
Kasb tanlashga yo’llash - umuminsoniy madaniyatni shakllantirish jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodning kasbiy tiklanishi, tabiat in’om etgan (tug’ma) layoqatlarini rivojlantirishga ko’maklashish, insonga kasbiy o’zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora-tadbirlar majmuasi bo’lib, uning imkoniyat va ehtiyojlarini xisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta’lim
turini tanlash ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo’lgan ehtiyojlarda jamiyatning g’amxo’rligi sifatida namoyon bo’ladi.
Kasb tanlashga yo’llashning bosh maqsadi o’ziga xos usullar yordamida mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat.
Kasb tanlashga yo’llashning asosiy maqsadi - yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda ta’lim yunalishini tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo’lgan extiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb tanlashga yo’llash quyidagi ikki asosiy vazifani xal qilishga qaratilgan:
mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish xisobiga mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustaxkamlash;
shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o’z qiziqishlari, moyillik va imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan tezroq uni o’zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.
Kasb tanlashga yo’llash ishining pirovard natijasi ijtimoiy - iqtisodiy omil bo’lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.
Kasb tanlashga yo’llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
kasb tanlashga yo’llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;
iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o’rganish va prognoz kilish orkali jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;
shaxsni kasb tanlashga yo’llash va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;
O’zbekiston fuqarolarining va (lozim bo’lganda) boshqa davlat fuqarolarining o’qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb tanlashga yo’llash xizmatlaridan foydalanishga teng xuquqligi;
kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;
kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi;
kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’ektivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi;
kasb tanlashga yo’llash xizmatlari xodimlarining kasbiy axloq normalariga rioya etishligi.
Kasb tanlashga yo’llash ishlarining asosiy ob’ekti:
umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1 - 11 sinf o’kuvchilari;
oliy o’kuv yurtlari talabalari va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari;
ishdan bo’shashi kutilayotganlar;
ish qobiliyati cheklangan shaxslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |