Taqrizchilar:
Safayev N.S. – Rasulov A.I. -
Mirashirova N.A.-
M.Ulug’bek nomidagi O’zMU “Psixologiya” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori; M.Ulug’bek nomidagi O’zMU “Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi; I.Karimov nomidagi TDTU “Pedagogika va psixologiya”kafedrasi dotsenti .
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 7 fevral 2017 yil farmoni bilan 2017—2021 yillarga mo’ljallangan O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqilishi ta’lim sohasini davlat siyosatida ustuvor o’rin tutish bilan birga keng jamoatchilik ishtirokini ham talab qilishiga alohida e’tibor qaratadi. To’rtinchi yo’nalish ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, bunda ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish va yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish bilan birga ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish alohida uqtirib o’tildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 14 maydagi PQ 4319-sonli qarori va Vazirlar mahkamasining 395-sonli qarorini targ’ibot qilish yuzasidan beshta muhim tashabbus bo’yicha Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini takomillashtirish orqali ta’lim sohasini tubdan isloh qilishda har bir sohaning “Yo’l xaritalari” ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shu o’rinda talabalarni kasbga yo’naltirishda “Kasbiy psixologiya” fani kategoriyalarini o’rgatish eng muhim vazifa sanaladi.
“Kasbiy psixologiya” o’quv kursi texnik oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo’nalishi talabalarida kasbiy psixologik sifatlarini shakllantirish, ularni kasbga tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Zamonaviy sharoitda fanni o’qitish talaba yoshlarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan ilg’or yutuqlar, umuminsoniy g’oyalar, milliy qadriyatlarga tayangan holda tayyorlash, ularda pedagogik - psixologik madaniyatni rivojlantirish, ijodiy-texnik tafakkurni tarkib toptirish, yetakchi faoliyatini to’g’ri tashkil etish malakalarini hosil qilishga yo’naltirilgan.
“Kasbiy psixologiya” fani talabalar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga doir zamonaviy psixologik bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarning zarur
hajmini, muhandis shaxsda namoyon bo’lishi zarur bo’lgan umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari lozim. Bakalavrlar – bo’lg’usi muhandis texnologlarning kasbiy tayyorgarligi ta’lim va ishlab chiqarish amaliyoti integrasiyasi, umumiy hamda mutaxassislik fanlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg’or g’oyalari uyg’unligi, zamonaviy ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so’nggi yangiliklariga tayangan holda ta’minlanadi.
“Kasbiy psixologiya” fanida talabalarni psixologiyaining mohiyati, uning metodlari va tamoyillari, shaxsning bilish jarayonlari, individual-tipologik xususiyatlari, faoliyati, muloqot va shaxslararo munosabatlar, muhandislik psixologiyasining nazariy va amaliy asoslari haqidagi bilimlarni uyg’unlashtiradi. Shaxsning emotsional-irodaviy sohasi, hissiyotning umumiy turlari chuqur tahlil etiladi. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishadi va bu muloqot jarayonida har ikki tomon o’zining ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Ana shu ruhiy holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. O’quv qo’llanma, Davlat ta’lim standartlari hamda Kasbiy psixologiya fanining o’quv dasturi asosida tayyorlandi. Uni tayyorlashda psixolog olimlar – M.I.Enikeev, A.M.Chufarovskiy, E.G’.G’oziev, V.M.Karimova, G’.B.Shoumarov, S.V.Asyamov va boshqalarning ilmiy ishlaridan keng foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |