system Central nervous system
37
SYMPATHETIC
NERVOUS SYSTEM
(arousing) PARASYMPATHETIC
NERVOUS SYSTEM
(calming)
The functional divisions of the human nervous
Nerv sistemasi hujayralardan iborat. Bu hujayralar o’zlarining o’zun va kalta hajmdagi
o’simtalari orqali organizmning barcha qismlariga tarqaladi. Nerv sistemasidagi hujayralar va uni
qoplovchi oq pardalar hamma o’simtalari bilan birga neyronlar deyiladi.Neyron anatomik tuzilishi va
fiziologik xususiyatlariga ko’ra nerv sistemasining tuzilish birligi hisoblanadi.
Nerv hujayrasining bevosita nerv uchlarigacha borib yetadigan o’simtasi neyrit deb ataladi. Nerv
tolalari sistemasining elementlaridir.Nerv sistemasini tashkil etuvchi neyronlar o’rtasida anatomik
jihatdan bevosita bog’lanish yo’q. Ular o’rtasidagi qo’shilish bitta neyronning neyriti oxirgi
tarmoqlarining boshqa neyronlarning hujayrasiga nozik tegib turishidan iboratdir.
Normal odam miyasida 16 milliardga yaqin neyronlar bor. Bu neyronlar organizmga
ko’rsatadigan xizmati jihatidan ikkiga bo’linadi;
-Reseptorlar
-Effektorlar.
38
Reseptorlar tashqi ta’sirotni qabul qilib miyaga o’tkazadi. Shuning uchun reseptorlarni sezgi
nerv markazlari deb ham yuritiladi. Effektorlar esa tashqi ta’sirot natijasida ichki organlarga buyruq
beradi va ularni harakatga keltiradi. Shuning uchun effektorlarni harakat nerv markazlari deb ham
yuritiladi.
Reseptorlar va effektorlar birlikda birinchi signal sistemalaridir.
Birinchi signal sistemasi odamda tashqi dunyoning sezgi a’zolari tomonidan qabul qilib
olinadigan aksi bo’lib, odam voqyelikni eng avvalo birinchi signal sistemasi orqali idrok qiladi.
Tashqi muhitdagi voqyea-hodisalarning sezgi a’zolarimizga ta’siri orqali ongda aks etishi
birinchi signal sistemalaridir. Birinchi signal sistemalari odamning sezgilari, idroki va tasavvurlariga
bog’liq bo’ladi. Tashqi muhit voqyea-hodisalarining so’zlar (o’sha narsalarning nomlari) orqali ongda
aks etishi ikkinchi signallar sistemasini tashkil etadi.Bu sifat faqat odamlargagina xos bo’lib, boshqa
jonzotda yo’q.Odam tashqi ta’sirotlarni so’zlar orqali aks ettiradi va bilib oladi - o’zlashtiradi.
Ikkinchi signal sistemalari yordamida odam fikrlaydi, xotirlaydi, xayol suradi va , eng muhimi ,
so’zlaydi . So’z - signallarning signalidir (I.P.Pavlov). Ikkinchi signal sistemalari faqat odamlardagina
mavjuddir.
Odamning nerv sistemasi uch qismdan iborat ;
• Markaziy nerv sistemasi.
• Perifiriyadagi nerv sistemasi.
• Vegetativ nerv sistemasi.
Markaziy nerv sistemasi orqa miya va bosh miyadan iborat.
Orqa miya umurtqa pog’onasida joylashgan bo’lib, nerv to’qimasidan tuzilgan. U chamasi 45 sm
o’zunlikdagi chilvirdir.
Orqa miya bo’g’im-bo’g’im tuzilgan bo’lib, 31 ta bo’g’imi bor. Har bir bo’g’imdan shu
bo’g’imga mos keladigan umurthalararo teshiklarga qarab yo’naluvchi orqa miya nerv ildizlari
chiqadi.
Orqa miya qo’l, oyoq, ko’z, tana muskullarini idora qiladi, tomir harakatlari, organizmdan ter
chiqish holatlarini boshqaradi.Orqa miyaning o’zunligi embrion hayotining dastlabki oylarida umurtqa
pog’onasining o’zunligiga teng keladi. Asta-sekin orqa miya o’sishda umurtqa pog’onasidan orqada
qoladi. Shu sababli, bel, dumg’aza va dum nervlarining ildizi umurtqa pog’onasi kanali ichida
anchagina masofagacha cho’zilib boradi.
Psixologik jihatdan hozirgi sharoitda odam umrini o’zaytirishning quyidagi shartlari mavjuddir;
- ijtimoiy foydali mehnat bilan doimo shug’ullanish;
- aqliy va jismoniy mehnatni qo’shib olib borish;
- faol dam olish;
- oqilona ovqatlanish;
- ichmaslik, chekmaslik;
- shirin oilaviy hayot kechirish;
- farzandlarni mehr bilan tarbiyalash;
- hayotda hammavaqt xushchaqchaq bo’lish;
- noxush kechinmalarni toqat bilan yengish;
- hayajonlanmaslik va hokazo.
Yuqoridagi shart - sharoitlarga amal qilinsa, shaxs o’zini yaxshi anglab, hayotini oqilona
o’tkazsa, miyaning 60 yoshdan keyingi vazn kamayish jarayonini yanada sekinlashtirishga erishadi.
Inson bosh miyasi, hayvon miyasidan ancha og’irdir.
Odam miyasi - 1400 g.
Ot miyasi - 650 g.
Gorilla miyasi - 400 g.
Ho’qiz miyasi - 500 g.
Kit miyasi - 2800 g.
39
Fil miyasi - 4000 g.
Individning psixik hayotida miyaning og’irligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo miyaning
tuzilishi juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kishining aqli haqida miyaning og’irligiga qarab
hukm chiqarish to’g’ri emas. Ba'zi kishilar miyasining vazni o’rtacha vazniga qaraganda ancha og’ir
bo’lgani shuningdek, ba'zi kishilarning miya vazni o’rtacha darajadan kamroq ham bo’lgani ma'lum.
Masalan: I.S.Turgenevning miyasi 2012 g, V.M.Bexterevning miyasi 1720 g, I.P.Pavlovning
miyasi 1653 g, D.I.Mendeleevning miyasi 1751 g, Anatol Fransisning miyasi 1017 g bo’lgan.
Odamning bosh miyasi kishi psixikasining o’ziga xos takrorlanmas, murakkab organi hisoblanib,
u katta yarim sharlar, miyacha, oraliq miya, o’rta miya va o’zunchoq miyadan iborat.
Miya faoliyatini faollashtirish, uning ishlash qobiliyatini oshirish uchun vaqti-vaqti bilan dam
oldirishning muhim ahamiyati bor. Odam o’z tanasini doimo toza tutsa; vaqti-vaqti bilan massaj qilib
tursa; farzandlarini, nevaralarini erkalatsa, o’ynatsa; kino, teatr, muzey tomoshalariga chiqib tursa;
me’yorida va sodiq do’stlar bilan ovqatlansa; sevimli kitob hamda ro’znoma o’qisa; yoqimli ashula,
muzika tinglasa; uzluksiz ravishda toza havoda yursa, jismoniy harakat qilsa; o’z kasbi, kundalik
bajargan yumushidan rozi bo’lib, rohatlansa, o’zini yaqin do’stlari davrasida xushchaqchaq tutsa,
tabassumni o’ziga doimo hamroh qilib yursa miya dam oladi, uning toliqishiga imkon berilmaydi.
Bosh miya bir qancha qismlardan iborat bo’lib, bu qismlarning har qaysisi o’ziga xos funksiyani
bajaradi. Masalan,
• o’rta miya
• oraliq miya
• oldingi miya
• orqa miya
• kichik miya
• katta miya va uning yarim sharlari.
Yuqoridagi har bir qismning o’z vazifasi bor. Nafas olish, yurak ishlashi, qon aylanishi,
chaynash, yutish, so’lak ajratish, organizmning to’g’ri harakatini ketingi miya idora qiladi. Murakkab
40
bo’lmagan aqliy faoliyatni (yozuv, chizuv va h.k.) kichik miya boshqaradi. Organizmning yorug’lik,
tovush, og’irlik kuchiga nisbatan javobini o’rta miya, organizmning umumiy sezuvchanligini oraliq
miya idora qiladi.
Ketingi miya o’zunchoq miya, varoliy ko’prigi va miyachadan iborat. O’zunchoq miya bilan
varoliy ko’prigi orqa miyaning davomi hisoblanadi. O’zunchoq miya emish, chaynash, yutish, so’lak
ajratish, qusish kabi murakkab fiziologik jarayonlarda qatnashadi. , qusish kabi murakkab fiziologik
jarayonlarda qatnashadi. Nafas olishni, yurak ishini idora etadigan, qon tomirlar tonusini saqlaydigan
markazlar ham o’zunchoq miyadadir.
Miyacha markaziy nerv sistemasining pastdagi hamma bo’limlariga mahkam bog’langan.
Miyacha organizm harakatlarining yaxlitligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
Gavdaning umumiy sezuvchanligini o’rta miya ta’minlaydi. O’rta miya vegetativ markaz ishini
muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Shuning uchun oraliq miya, o’rta miya, varoliy ko’prigi va
o’zunchoq miya birlikda miya stvoli deb yuritiladi.
Bosh miya bo’laklarining yetakchi qismini (hariyb 80 foizini) katta miya va uning yarim sharlari
tashkil etadi. Katta miyaning o’ng va chap sharlari qadoq modda orqali bir-biri bilan tutashgan.Bosh
miya yarim sharlarining har qaysisi miyaning peshona qismi, tepa qismi, ensa qismi va chakka qismi
kabi to’rt pallaga bo’linadi.
Bosh miya po’stining halinligi bir millimetrdan besh millimetrgacha bo’lib, yuzasi o’rtacha
hisob bilan 2000 kvadrat santimetrga teng. Bosh miya po’stida 52 ta maydon bo’lib, bu maydonlar o’n
bir sohaga bo’linadi.
Bosh miyaning qismlari va ularning funksiyalari haqidagi ta’limotni akademik I.P.Pavlov
yaratdi. I.P.Pavlov tajribalarining natijalariga ko’ra, bosh miya qismlarining funksiyalari sohasida
odam va hayvonlar miyasi o’rtasida juda katta tafovutlar bor. Ba’zi hayvonlarda oldingi miya olib
tashlanganda ham hayot davom etgan. Masalan, oldingi miyasi olib tashlangan Saka o’z hayotini
davom ettirgan. U odatdagicha o’tirgan, o’ziga xos harakatlarni bajargan.
41
Gotfred Leibnez “Petit” (kichik) anglay olish tushunchalarini borligi va shular ong usti fikrlari
bilan bog’liqligini o’rganishni boshlagan birinchi olimlardandir. Masalan, biror narsa yoki hodisani biz
to’la o’rganmay turib, miyada anglashimiz va xotirada saqlashimiz mumkin.
Dinamik fikrlar
Gerbartning fikricha, fikrlar hissiyotga bog’liq ekan. U ishlatgan “ Vorsfellung” termini o’ylar,
aqliy qarashlar, emotsinol statuslarni aniqlashda ishlatilgan. Gurbart yuqoridagilarning jamini doimiy
tarzda emas, o’zgaruvchan holda, bir-biri bilan aloqa qila oladigan tarzda tasvirlaydi. Fikrlar uning
fikricha,bir-biriga o’zini jalb qilаdi va bu hodisani magnit tortishuviga o’xshatish mumkin. Oddiy
fikrlar rang va ovoz toni, masalan, bir-birini o’ziga jalb etadi. Lekin, fikrlar bir-biriga o’xshash
bo’lmasa, ular aloqasiz davom etadi va vaqt o’tishi bilan ularning o’rtasidagi aloqalar susayadi.
“Fikrlar bir-birini rad etadimi? yoki biri ikkinchisini yaratishiga majbur etadimi?” Mana shular fan
oldidagi asosiy savollardir.
5
5
Do'stlaringiz bilan baham: |