17.1.Xarakter haqida tushuncha.
Har bir odam har qanday boshqa odamdan o’zining individual psixologik xususiyati bilan
ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e'tibor xarakter muammosiga qaratiladi. "Xarakter" so’zi grekcha
so’zdan olingan bo’lib " tamg’a, belgi " degan ma'noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat
ko’rsatayotgan har qanday shaxs o’zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan
ajralib turadi va bu farqlar uning xarakterxislatlarida ifodasini topadi. Shu boisdan insonning barcha
individual xususiyatlarini xarakterxislati tarkibiga kiritib bo’lmaydi. Chunonchi aqlning topqirligi,
xotiraning barqarorligi, ko’rishning o’tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.
221
Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta'rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari
ta'kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog’liq
faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqarorxususiyatlari
majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi
hisoblanadi.
Xarakterdeganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon
bo’ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixologik
xususiyatlari yig’indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon bo’lishi har bir tipik vaziyat,
hissiy kechinmalarning individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Xarakterning
intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya
ta'sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga o’z-o’ziga bo’lgan
munosabatlarida namoyon bo’ladigan individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko’p
xususiyatlari odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana shu
moyilliklarda xarakterxislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo’ladi. Odam xarakterxislatlarining
ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko’pincha ob'ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo
maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo’llaydi. Xarakterxislatlari ma'lum tarzda harakat qismlariga,
ba'zan esa sharoitga qarama-qarshiharakat qilishga undar ekan, ular hayotiy qiyin daqihalarda
yaxshiroq namoyon bo’ladilar va bu xarakterni, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashning
muhimvazifasidir. Shaxsning qa'tiyatlilik, tanqidiylik, fahm- farosat, ko’zatuvchanlik kabi xislatlari
intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy sifatlarga kiradi. Odatda shaxsning munosabatlari
xarakterxislatlarining individual xususiyatlarini ikki xilini aniqlash imkoniyatiga ega:
Shaxs xarakterining xususiyati ro’yobga chiqadigan har qanday vaziyat hissiy
kechinmalarning o’ziga xos xislati uning munosabatlariga bog’liq.
Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda individual
usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir.
Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi, hissiyoti,
diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga bog’liqdir. Chunonchi,
mehnatda ko’zga tashlanadigan tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks
ettirishga emas, balki boshqa omillarga:
1.
diqqatning to’planishiga;
2.
harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga;
3.
irodaviy zo’r berishga;
4.
usullar mahsuldorligiga;
5.
aqlning ishtirokiga bog’liq.
The main aims of trait research include identifying and conceptualizing important personality
traits, accurately measuring individual differences in traits, and ultimately using traits to understand
behavior. Trait research also examines the developmental antecedents of personality and seeks to
predict short-term behaviors (e.g., delay of gratification and cooperation with others in a group task)
and long-term outcomes (e.g., job performance, health, and divorce). Perhaps the most well-known
area of trait research concerns the Big Five personality traits: extraversion, neuroticism,
conscientiousness, agreeableness, and openness or intellect or culture, which can be measured by any
of several different, widely-used questionnaires (McCrae & Costa, 1987; Saucier & Goldberg, 2003).
Research suggests that individuals’ standing on the Big Five begins to stabilize in their thirties (Caspi,
Roberts, & Shiner, 2005), but continue to change to a smaller degree thereafter. Basic traits (including
traits in addition to the Big Five) that continue to rise between ages 30 and 70 include social
dominance, agreeableness, conscientiousness, and emotional stability.
Openness to experience appears to remain about stable, on average, and social vitality goes
down over this period (Roberts, Walton & Viechtbauer, 2006). Traits like these predict a wide-range of
important behaviors and life outcomes, such as happiness, social adjustment, marital satisfaction,
career choice, job performance, and civic engagement (Ozer & Benet-Martinez, 2006; Roberts,
Kuncel, Shiner, Caspi & Goldberg, 2007).
222
Тадқиқотнинг асосий бош мақсади: шахсни ўзини англаш, турли қобилиятларини
шакллантириш ва охир оқибатда ўзлигини тушуниш демакдир. Бундан ташқари чизиқли
ёндашув шуни ўрганадики, шахс ўтмишини англашини ривожлантиради, қисқа фурсат ичида
хулқ-атворларни башорат қилади (масалан, одоб ахлоқни, гуруҳ муаммоларини бошқалар билан
биргаликда бажариш ва ишбилармонлик қобилиятлари) ва узоқдаги натижаларни олдиндан
билади.(Масалан, ишга бўлган лаёқат, соғлиқни сақлаш, оилавий муносабатлар). Чизиқли
ёндашувнинг энг машҳур қисми шахсга хос 5 та асосий хусусиятлардир: экстраверт, нейротизм,
маслаҳатгўй, мададгўй, очиқкўнгил (ёки қадриятларни қўллаб қувватловчи. Қайсики
англашмовчиликларни бартараф этувчи.) (McCrae & Costa, 1987; Saucier & Goldberg, 2003).
Тадқиқотлар шуни кўрсатадики, шахслар 30 ёшларда бу 5 асосий хусусиятни бир маромга
келтиради, лекин баъзи ўзгаришлар рўй беради. (Caspi, Roberts, & Shiner, 2005) Инсоннинг ёши
улғайган сари 30-70 ёшлар оралиғида ижтимоий ҳукмронлик каби хислатларни ўзлаштиради.
Тажрибалар шуни кўрсатадики, очиқкўнгиллилик муқим бўлади, ҳар доим ўртада туради,
ижтимоий муҳитни сусайтиради. (Roberts, Walton & Viechtbauer, 2006) Чизиқли ёндашувнинг
камчилиги шундаки, одоб-ахлоққа таъриф бериш чоғида уларнинг қаердан келганини
билдирмайди. (Pervin, 1994). Мисол учун шахс доимий қайғуради ва тушкунликка бўлган кучли
таъсир юқори асабий эканлигини англатади. Аммо, нейротизмнинг ўзи қаердан келиб чиққан
деган савол туғилиши мумкин. Қанақа психологик механизм нейротизмни қўллаб-қувватлайди
ва юзага келтиради? ( Personality in Social Psychology Gilbert, D. & Fiske, S. (Eds.), The Handbook
of Social Psychology (5
th
Ed.). David C. Funder Lisa A. Fast. Department of Psychology. University if
California, Riverside. Riverside, CA. 92521.USA
)
Do'stlaringiz bilan baham: |