186
achchiqlanadi va hokozo. Lekin ba'zan shu hissiyotlar o’zi dafa'tan qo’zg’almaydi, balki asta-sekin
tug’ila boshlaydi. Shunday hissiy kechinmalarning qay darajada tez paydo bo’lmasligini belgilash
qiyin yoki butunlay bilib bo’lmaydi. Emosional kechinmalarning kuchi turlicha bo’lishi mumkin.
Hissiyotlarni kuchi avvalo yoqimli va yoqimsiz tuyg’ularning naqadar kuchli bo’lishidadir.
Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros bilan kechirilganligi bilan belgilanadi.
Hissiyotning qo’zg’alish xususiyatlari paydo bo’lish yo’lini kuchi va barqarorligi bir qancha
sabablarga bog’liqdir. Atrof-muhitning holati shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi shu xislattuzilishiga
sabab bo’lgan hodisalarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu
xislat qanday vaziyatda paydo bo’lishi va o’tmishi hamda shaxsning individual xususiyatlariga
bog’liqdir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez kuchli va barqaror bo’lishiga ko’ra his-tuyg’ularning
quyidagi turlari farqlanadi:
hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress, kayfiyat va boshqalar.
Hissiy ton. hissiyot ko’pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning o’ziga xos tomoni
tariqasida namoyon bo’ladi. Yoqimli suhbatdosh, kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob,
ko’ngildagi mashg’ulot, hushchaqchaq sayohat, og’ir ish kabilar. Hissiy ton tushunchasiga ko’pgina
adabiyotlarda turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiyning "Umumiy psixologiya"
darsligida
hissiy ton sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsa va hodisaga
munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy bo’yoq yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan bog’langan
hissiyot, deb ta'riflanadi. Professor E.G’.G’oziev tomonidan
hissiy ton-u yoki bu hissiyotning inson
tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iboratdir. Q.Turg’unov lug’atida
hissiy ton -
hissiyot sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsaga hodisaga munosabatini
ifodalovchi maxsus emosional bo’yoq yoqimli va yoqimsiz kechinma bevosita sezgi yoki idrok bilan
bog’g’langan hissiyot. Masalan, og’riq bir qator qo’zg’ovchilar yaqqol ifodalangan yoqimsiz hissiy ton
bilan ajralib turadi. Ko’pincha emotsiyalar o’zining ta'sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga
qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar
stenik (yunoncha so’zdan olingan bo’lib, kuch degan ma'noni
anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga,
nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag’ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs "parvoz
qiladi", "yo’ldo’zni narvonsiz oladi", kimlargadir holis yordam qilishga shoshadi. Faollik qilib,
tinchimaslik uning sifatiga aylanadi. Q.Turg’unov lug’atida stenik hisga quyidagi ta'riflar uchraydi:
Do'stlaringiz bilan baham: