Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

10.6. Diqqatning buzilishi 
  Diqqatning  salbiy  jihatlaridan  biri  parishonxotirlikdir.  Parishonxotirlik  diqqatni  uzoq  vaqt 
davomida  biron  ishga  layoqatsizlikda  diqqatning  osongina  va  tez-  tez  bo’linib  turishida  namoyon 
bo’lishi  mumkin.  Parishonxotirlikning  bu  ko’rinishi  ko’pincha  ish  qobiliyati  susayib  ketishining  va 
xulq-atvordagi uyushmaganlikning sabablaridan biri hisoblanadi.  
Parishonxotirlikning  sabablari  har  xildir.  Parishonxotirlik  shaxsning  barqarorxislati  sifatida 
ixtiyoriy  diqqatning  sustligi  ko’rsatkichi  hisoblanadi  va  noto’g’ri  tarbiya  natijasi(bolaning  erkalatib 
yuborilishi,  jazolanmasdan  qolishi,  taassurotlarning  har  xilligiga  odatlanish  va  boshqalar)  bo’lishi 
mumkin.  Bu  xildagi  parishonxotirlikka  qarshi  avvalo  shaxsda  irodaviy  sifatlarni  shakllantirish  yo’li 
bilan kurash olib borish kerak. Parishonxotirlikni bola salomatligining yaxshi emasligi, nerv tizimining 
umuman  buzilganligi  bilan  izohlash  mumkin.  Parishonxotirlik  haddan  tashqari  hissiy  hayajonlanish, 
yoxud  charchash  oqibati  sifatida  qisqa  muddatli  bo’lishi  ham  mumkin.  So’nggi  holatda  u  ko’pincha 
o’qish  kuni  va  qaftasining  oxirida  namoyon  bo’ladi.  Pedagogik  ish  tajribasida  diqqatni  tarbiyalash 
maqsadida parishonxotirlikning barcha sabablari va xususiyatlari inobatga olinishi shart. 
  Qachonki,  kishi  ishga  berilib  ketib  o’z  xayollari,  kechinmalari  bilan  bo’lib,  mashg’ul  bo’lgan 
ishidan  boshqa  hech  narsani  ko’rmayotgan  va  eshitmayotgan  hollarda  ham  "parishonxotirlik"  haqida 
so’z  yuritiladi.  U  masalan  tevarak-atrofdagilarga  e'tibor  bermaydi,  o’ziga  qaratilgan  savollarga  parvo 
qilmaydi.  Bunday  "parishonxotirlik"  diqqatning  yorqin  ifodalagan  holdagi  tanlanganligidan,  uning 
behad jamlanganligi va jadalligidan hosil bo’ladi. Diqqatni eng ko’p darajada jamlanganligi yuqorida 
qayd qilib o’tilganidek, faoliyatda muvaffaqiyat qozonishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Lekin 
diqqatning  faqat  bir  ob'ektga  qaratilganligi  uning  taqsimlanishi  va  ko’chirilishida  qiyinchiliklar 
tug’dirishi mumkin. Bu xildagi parishonxotirlik kundalik hayotda amaliy faoliyatda kishining tevarak-
atrofdagi  olam  bilan  munosabatini  mushkullashtirib  qo’yadi  va  shuning  uchun  ham  unga  diqqatning 
nuqsoni sifatida qaraladi.  
  Maktab  hayotidagi  parishonxotirlik  "qoidaga  sig’maydigan"  deb  atalmish  xatolarda  dars 
paytida  o’quvchida  tegishli  maktab  anjomlari  yo’qligining  ma'lum  bo’lishida,  o’quvchining  dars 
jarayoniga  yetarlicha  jalb  etilmaganligida  va  shu  kabi  boshqa  hollarda  namoyon  bo’ladi.  Bolalarda, 
ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda parishonxotirlik juda ko’p uchraydi.  
Diqqatning  parishonxotirlikdan  tashqari  boshqa  xildagi  buzilishlari  ham  borligi  e'tirof  etiladi. 
Diqqatning  haddan  tashqariharakatchanligi  bir  ob'ektdan  va  faoliyat  turidan  boshqalariga  doimiy 
ravishda o’tib turishi, yoki aksincha harakatsizligi, diqqatning sust harakat qilishi, uning tor doiradagi 
tasavvurlar  va  fikrlarga  patologik  tarzda  qayd  etilishi  shular  jumlasiga  kiradi.  Diqqatning  bu  xildagi 
buzilishlari miyaning ba'zi bir organik kasalliklari eng avvalo uning peshona qismidagi kasalliklari yuz 
bergan paytlarda kuzatiladi. 
  Diqqatning fazilatlari bilan bir qatorda uning buzilishi va nuqsonlari bo’lishi  
mumkinligini psixologik jihatdan asoslangan tarzda hisobga olish diqqatni o’zida aks ettiradigan 
bilish jarayonlarini tadqiq etishning zarur shartidir.  
Ayrim  ruhiy  kasallik  holatlarida  diqqatning  inertligi  (sustligi)  yoki  mutlaqo  harakatsizligi, 
qandaydir  biron  ob'ekt  ustida  to’xtab  qolish  holatlarini  kuzatish  mumkin.  Bola  hayotining  bir  oylik 
davrlarida  uning  uchun  faqat  ixtiyorsiz  diqqat  xos  bo’ladi.  Bu  davrda  bola  dastavval  tashqi 


137 
 
qo’zg’atuvchilardan,  ularning  keskin  o’zgarishlaridan  ta'sirlanadi.  Masalan,  to’satdan  paydo 
bo’ladigan  qattiq  ovozlardan  harakatning  o’zgarishidan  va  boshqa  narsalardan  ta'sirlanadi.  Ixtiyoriy 
diqqatning  alomatlari  odatda  bola  yoshiga  to’lgandan  so’ng  yoki  ikki  yoshga  qadam  qo’ygan  davrda 
paydo bo’la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning  
atrofidagi  odamlar  nima  qilish  lozimligini  asta-sekin  o’rgatadilar.  Bolalar  o’z  diqqatlarini 
rivojlantirishda ulardan talab qilinayotgan harakatlarni bajarishga o’zlarining bevosita mayllaridan voz 
kechishlariga to’g’ri keladi. Bolada, albatta juda sodda go’daklik shakli bo’lsa ham onglilik namoyon 
bo’ladi.  Bolani  ozodalikka,  tartiblilikka,  ma'lum  intizomlilikka,  jamoat  qoidalariga  rioya  hilishga 
o’rgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bog’cha yoshidagi davrda 
bolaning  ixtiyoriy  diqqatini  rivojlantirish  uchun  o’yin  katta  ahamiyatga  egadir.  Bog’cha  yoshidagi 
bolalar  diqqati  juda  barqaror  bo’ladi.  Mashq  qilish  usuli  bilan  o’z  diqqatini  to’plash  qobiliyati  asta-
sekin rivojlanadi. 
  O’quv  jarayonida  ixtiyoriy  diqqatni  tarbiyalash  alohida  ahamiyatga  egadir.  Maktab 
mashg’ulotlarini  intizomlashtiruvchi  ta'siri,  dars  davomida  sinfda  o’tirish,  o’quvchilarning  so’zlarini 
eshitish  zaruriyati,  chalg’imaslik  bularning  hammasi  ixtiyoriy  diqqatni  tarbiyalashda  katta  rol 
o’ynaydi.  har  turli  ta'lim  ishlari  maktabdagi  o’quv  mashg’uloti  ustida  ongning  yo’nalganligi  va 
to’planganligini saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari ko’pincha kuchli bo’ladi. Shuning 
uchun ularning diqqatlari qisqa vaqt ichida davom etsa ham kuchli bo’ladi. 
  Maktab  yoshidagi  bolalarning  hissiyotlari  ancha  barqaror  bo’la  boshlaydi.  Shuning  uchun 
pedagog o’qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqatning barqarorligi 
va kuchini saqlab turilishiga  yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab  yoshidagi o’quvchi 
uzoq  vaqt  diqqatli  bo’lishi  mumkin.  Ammo  kattalarning  nazorati  pasayib  qolsa,  u  zarur  vazifani 
bajarishdan  chalg’ib  boshqa  narsaga  kirishib  ketishi  mumkin.  Masalan:  adabiyotni  o’rganayotgan 
o’quvchi  kino  yoki  biror  o’qigan  asari  haqida  xayol  surib  ketishi  mumkin.  Ayrim  bolalar  jismoniy 
mehnat darslarida diqqat bilan o’tirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o’tiradilar. O’zi 
yoqtirgan  darslarda  kuchli  diqqat  bilan  o’tirgan  o’quvchilar  boshqa  darslarda  o’qituvchilarni  ancha 
tashvishga solib qo’yishlari mumkin. 
  O’quvchilarning o’quv predmetiga munosabati, unga diqqat bilan qarash ko’p jihatdan darsda 
o’quvchining o’quv materialini jonli, emosional, qiziharli, tushunarli, shu bilan birga to’liq va chuqur 
o’qita  bilishga  bog’liq.  Bu  talablarga  rioya  qilmaslik  darsda  o’quvchilarning  parishonligiga  yoki 
ikkinchi darajali qiziqishlarning paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirlarda chuqur, barqaror qiziqishni 
tarbiyalash, o’qitishning mazmunini jiddiy o’ylab ko’rilganligi ularda diqqatni tarbiyalashning zaruriy 
sharti hisoblanadi. 
  Bu shart-sharoitlarga rioya qilinsa, o’smir diqqatini boshqarishga halal beradigan ba'zi impulsiv 
(ixtiyorsiz)  harakatlarga  qaramay,  o’z  diqqatini  ixtiyoriy  ravishda  boshqarish  va  to’xtab  turish 
mumkinligini  tezda  egallab  oladi.  U  o’zi  uchun  qiziharsiz  va  qiyin  ishni  diqqat  bilan  bajarish  zarur 
bo’lsa,  o’zini  bu  ishga  majbur  eta  oladi.  Masalan,  hamma  predmetlardan  beriladigan  vazifalarga 
nisbatan  o’smirlarda  kichik  maktab  yoshidagi  bolaga  qaraganda  diqqatning  tashqi  ifodasi  ham 
o’zgaradi.  Agar  kichik  yoshdagi  maktab  o’quvchining  yuz  ifodasi  va  gavda  holati  uning  qanchalik 
diqqatliligini  aniq  belgilab  bersa,  o’smir  esa  o’zining  diqqatsizligini  yashira  oladi.  Faqat 
o’qituvchining ko’zatuvchanligi orqali buni aniqlashi mumkin. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish