78
Ko’lamiga qaraganda: keng va tor;
Qiziqishlar darajasi bo’yicha: barqaror va beqaror va boshqalar.
Qiziqishning mazmun jihatidan o’zaro tafovutlanishi quyidagilarda mujassamlashadi: bilish
ehtiyojlarining ob'ektlari qaysilar, bilimning mazkur faoliyat maqsadi bilan mutanosibligi; shaxsning
yashayotgan muhitiga nisbatan munosabati kabilar.
Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo’ladigan qiziqishlarning
voqelik, jismlar va hodisalarning emosional jozibaliligi, his-tuyg’ularga ega bo’lishligi, tashqi
ta'sirlarga beri-luvchanligi tufayli vujudga keladi. Bevosita qiziqishlar o’rganilayotgan narsaning
ma'nosi bilan uning shaxs faoliyati uchun ahamiyati mos tushgan taqdirda paydo bo’lishi mumkin.
Psixologiyada bevosita qiziqishning yuzaga kelishi faoliyatning maqsadini anglash bilan bog’liq
bo’lgan bilishni ehtiyoj deb atash qabul qilingan. U yoki bu narsalarni (hodisalar mohiyatini) bilish,
ko’rish, idrok qilish, anglab etish uchun qiziarli tuyo’lgan ichki kechinmalar bevosita qiziqishni aks
ettiradi. Bilvosita qiziqishlar mehnat faoliyati yoki ta'lim olish jarayonining muayyan ijtimoiy
ahamiyati bilan uning shaxs uchun sub'ektiv ahamiyati o’zaro mos tushganida bilvosita qiziqish
yuzaga keladi. Mehnat faoliyati va ta'lim jarayonini ongli tashkil etish etakchi va ustuvor rol
o’ynaydigan bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish uchun maxsus tamoyillarga, omilkor yo’l-
yo’riqlarga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Odamlarning qiziqishlari o’zining ko’lami bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday shaxslar
toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat bir sohaga qaratilgan bo’ladi. Boshqa bir toifaga
taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator sohalarga, fanlarga, ob'ektlarga yo’naltirilganini uchratishimiz
mumkin. Lekin turli sohaga nisbatan qiziqishlarning biri, agarda ularni oqilona boshqarish
imkoniyatiga bo’lsa, ikkinchisiga salbiy ta'sir etishi mumkin emas, qiziqishning torligi ko’pincha
salbiy hodisa sifatida baholanishi mumkin, lekin ayni chog’da ularning kengligi ham nuqson tariqasida
tahlil qilinsa bo’ladi. Biroq shaxsning barkamol shaxs bo’lib kamol topishi qiziqishlar ko’lamini tor
emas, balki keng miqyosda bo’lishini taqazo etadi.
Qiziqishlar o’zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga ajratiladi. Barqaror
qiziqishga ega bo’lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan predmetlariga, ob'ektlariga, hodisalarga
nisbatan o’z maylini hech o’zgarishsiz saqlab tura oladi. Shu boisdan inson ehtiyojlarini o’zida
mujassamlashtiruvchi, shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar
deyiladi.
Inson shaxsi xulq-atvorining o’z motivlari bo’ladi.
Motiv - ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan
bog’li bo’lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini
tashkil etsa motivlar bu mohiyatning namoyon bo’lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar
bilan bog’liqdir. Shuning uchun motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan,
moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar yoki ma'naviy ehtiyojlarning
qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar bo’lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan
bo’lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o’sha narsa nimaligini
tasavvur ila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq-atvorini va turli faoliyatlarini harakatga
keltiruvchi sababdir. Xatti-harakatlarning muhim motivi e'tiqoddir.
E'tiqod - shaxsning o’z qarashlari,
tamoyillari, dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir.
Tilaqlar ham xatti-harakat motivlari bo’lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo’lmagan
yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o’z ifodasini topadi.
Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar borasida eng ko’p o’rganilgan masala
ko’rsatma
Do'stlaringiz bilan baham: