Yanus ibodatxonasi yopiladi. Bu butun Rim davlati tuprog‘ida
osoyishtalik o‘rnatilganligi nishonasi edi.
Oktavian o‘zining triumvir lavozimidan tantanali suratda voz
kechib, senat va komitsiyadan imperator unvonini oladi. Lekin
Oktavian shundan keyin ham davlat hukmdori sifatidagi mavqyei
yetarlicha mustahkamligiga ishonmay, senzor sifatida senatda tozalash
o‘tkazib, bunda Mark Antoniyning do‘stlari va boshqa raqiblarini
uning tarkibidan chiqarib tashlaydi, ularning ko‘piga urush vaqtida
triumvirat dushmanlarining musodara qilingan yerlaridan ajratib
beradi. U Rimning oliy hokimi sifatida o‘z mavqyeyini
qonunlashtirishga bir yildan ko‘proq tayyorgarlik ko‘rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |